Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {turt} - ki - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: turt-ki-la-moq
Izoh(lar)i:
turt fl

1. 1. Gavda (tana)ning biror a’zosi (qismi) bilan teginmoq, tegmoq. Turtib yubormoq. Polvon odamlarni itarib, turtib o‘tdi. J. Sharipov, Xorazm
To‘rt kun avval, ertalab mashina turtib ketdi. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv

2. 2. Shunday harakat — e’tiborni tortuv-chi, ishora qiluvchi, undovchi belgi sifatida. Qayrag‘och tagidagi so‘rida oldiga choynak qo‘yib, yolg‘iz o‘zi xayol surib o‘tirgan ustani ko‘rib, hamrohimni turtib qo‘ydim. S. Ahmad, Xazina
Aravakashning ichki holatini sezib turgan Badia chidab turolmay, darhol otasini turtdi: — Suv beraymi, ota? Mirmuhsin, Me’mor
— Qaytanga ikki non-xo‘r kamayadi, — dedi Bayonqul aka va etigining uchi bilan oyog‘imni turtdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

3. ko‘chma hma E’tiborni tortuvchi, ogohlantiruvchi gap-so‘z, xatti-harakat qilmoq. Karimqul ponsad hojini turtmak maqsadida: — Kengashli ish tarqamas, deganlar. Hoji akamiz o‘ylashib javob bersinlar-chi, axir! — deb qo‘ydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yig‘ilish joyida o‘tdi. U kishilarni ancha turtib, changini qoqib qo‘ydi xotirjamlikka berilib ketganlarning ko‘zini ochib qo‘ydi. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi

4. ko‘chma hma Xo‘rlamoq, kamsitmoq, yerga urmoq. Birovni nohaq turtish, xo‘rlash yaramaydi. Urgandan turtgan yomon. Maqol

5. s. t. t. “Ketmoq”, “o‘tmoq”, “qo‘ymoq” fe’llari bilan birga kelib (boshqa narsalar qatorida), qayd qilmoq, ta’kidlamoq ma’nosini bildiradi. Biz yuqorida ham turtib o‘tgan edikki, Otabek na Yusufbek hojiga, na O‘zbek oyimga va na Hasanaliga Marg‘ilondan tez qaytib kelish sababini aytmagan. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
biror narsa yozish niyatlari bo‘lsa, xolamning o‘zbek ayollariga mutlaqo yot bo‘lgan mana shu yovvoyilik odatlarini ibrat uchun qalamlari uchida bir turtib o‘tsalar. N. Safarov, Xadicha Ahrorova

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Turtkilamoq – urmoq – do‘pposlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.