1. 1. Uncha qattiq, kuchli bo‘lmagan qisqa, keskin zarb.
Ho‘kizga turtki, donoga ishora kifoya.
Maqol
Bir vaqt u allakimning turtkisidan uyg‘onib ketdi.
L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
Orqaroq-da qolgan Vitya alanglab, odamlarning turtkisi yoqmay, qadam tashlardi.
R. Fayziy, Hazrati inson
2. ko‘chma hma Biror ish, harakat va shu kabilarning boshlanishi, amalga oshishi, yuzaga chiqishi uchun qo‘zg‘atuvchi, undovchi narsa, sabab.
Bu fikrlarni aytishimga olimlar davrasidagi suhbat turtki bo‘ldi.
Gazetadan
Men xayolimdan dastlabki poemalarimning yara-tilishi, unga sabab bo‘lgan voqealar va yozilishiga turtki bo‘lgan odamlarni o‘tkaza boshladim.
Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
3. ko‘chma hma Kishini xo‘rlovchi, tahqirlovchi harakat.
Yana mehnat, turtki, yupun, qish kuni och.
G‘, G‘ulom
Yana avvalgi do‘q-u turtki-yu tuhmatga o‘tib, Ko‘cha-ko‘ylarda sizni zor ila hayron qiladir.
Hamza