1. Hosili ko‘kishroq rangda bo‘ladigan va pishirilmay ovqatga qo‘shib yeyiladigan sabzavot o‘simligi. Turpga suv qo‘ymoq. Turp to‘g‘ramoq. ▬ Sho‘rni aritish uchun suvni ko‘p talab qiladigan sholg‘om va turp ekish eng yaxshi chora emish. A. Qodiriy, Obid ketmon Keksa temirchi chuchuk turp bilan osh yeyishni sevardi. Sh. Rashidov, Qudratli to‘lqin Bu payt grafinda konyak bilan ikki likopcha to‘g‘ralgan turp qo‘yib ketdi. J. Abdullaxonov, Oriyat Mevasidan sharbat olinganda, 20-25 protsent turpi qoladi. Fan va turmush
1. turp I Ot hosili ko‘kishroq bo‘lib, pishirmay ovqatga (palovga) qo‘shib yeyiladigan sabzavot
2. turp II Ot mevaning siqib, sharbati olingandan keyin qoladigan to‘poni