Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {turkum}
So‘z bo‘g‘inlari: tur-kum
Izoh(lar)i:
turkum ot

1. 1. To‘da, to‘p, guruh. Bir turkum odamlar. Uchinchi turkum fotihaxonlar kelgandan so‘ng, maxdum Anvar oldiga kishi yuborib, uni chaqirtirib kelishga majbur bo‘ldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Hovli o‘rtasida olamni boshiga ko‘tarib Ulug‘buvi yig‘lar, bir turkum xotinlar uning atrofini o‘ragan edi. H. Shams, Dushman

2. 2. Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan, bir butunni tashkil etgan bir necha asar, ma’ruza va shu kabilar; davra, sikl. Paxtakorlar haqidagi she’rlar turkumi. Adabiyot nazariyasidan ma’ruzalar turkumi. Satirik jurnalistikada felyetonlar va pamfletlar turkumi ham mavjud bo‘lib, ular o‘z hajmi va imkoniyatlari bilan povest janriga yaqin turadi. O‘TA

3. biol. ol. O‘simlik va hayvonlar tizimida bir necha oilani o‘z ichiga olgan bo‘linma. Chumchuqsimon qushlar turkumining qarg‘asimonlar oilasi. Qaldirg‘och — chumchuqsimonlar turkumiga mansub qush. Fan va turmush

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: gruppa [r<nem]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

So‘z turkumlariso‘zlarning ma’noviy va grammatik umumiyliklariga ko‘ra guruhlari. O‘zbek tilida so‘zlar eng umumiy belgilariga ko‘ra dastlab uch guruhga ajratiladi:

Mustaqil so‘z turkumi: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish.

Yordamchi so‘z turkumi: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama .

Alohida olingan so‘zlar turkumi: modal, undov, taqlid, taklif, tasdiq va inkor.

Mustaqil so‘zlar olamdagi narsa, hodisa, belgi, miqdor, harakat, holat kabini ataydi, ya’ni mustaqil lug‘aviy ma’noga ega, so‘roq oladi. Mustaqil so‘z turkumi sirasida faqat olmosh predmethodisa, belgi va miqdorni bildira olmaydi, balki unga ishora qiladi.

Yordamchi so‘z gap bo‘lagi va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapni o‘zaro bog‘laydi yoki ularga qandaydir qo‘shimcha ma’no yuklaydi. U lug‘aviy ma’noga ega emas, so‘roqqa javob bo‘lmaydi va yakka holda gap bo‘lagi bo‘lib kelmaydi.

Alohida so‘zlar nisbiy mustaqil lug‘aviy ma’noga ega. Ular goho so‘roqqa javob bo‘lsa ham, o‘zining maxsus so‘rog‘iga ega emas. Gapda qandaydir sintaktik vazifani bajaradi. Lekin har biri o‘ziga xos umumiy xususiyati bilan alohidaalohida turkumni tashkil etadi.

Mustaqil so‘zning qaysi turkumga kirishini aniqlash - so‘roq berish asosida. Har bir turkumning o‘z so‘roq tizimi bor. Ammo birdan ortiq turkumga xos umumiy so‘roq ham mavjud. Mas., qanday so‘rog‘i sifat, ravish va otga, nima so‘rog‘i ot, olmosh, taqlid, harakat nomiga ham xos. Ot esa sifat va ravish vazifasida kelganda uning so‘rog‘iga javob bo‘ladi: yog‘och qoshiq –qanday qoshiq?, takror aytmoq –qay tarzda aytmoq?

Sifatning so‘rog‘iga sifat o‘rnida qo‘llanuvchi olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, sifat vazifasida kelgan ot, taqlid va modal ham javob bo‘ladi. Sifat otlashib, otning so‘rog‘ini olishi mumkin.

Demak, mustaqil so‘z turkumiga xos so‘roqni olish bilan birga, birdan ortiq turkumning umumiy so‘rog‘i borligini ham esda tutish lozim.

So‘zning so‘roqqa javob bo‘lolmasligi uning sof yordamchi yoki yordamchi vazifasidagi so‘z ekanligini ko‘rsatadi.

So‘z turkumlarining morfologik belgisi – uning qanday grammatik qo‘shimchani qabul qila olishi. Mas., ot turkumi birlik va ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchasini, sifat va ravish daraja ko‘rsatkichini, fe’l nisbat, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi qo‘shimchasini oladi.

So‘z turkumlarining yasalish bilan bog‘liq belgisi – har bir yasaluvchi turkumning o‘ziga xos yasovchi qo‘shimchasi borligi. Mas., li sifat, chi ot, la fe’l, ona ravish yasaydi. Olmosh va sonda yasovchi qo‘shimcha yo‘q.

So‘zni tasniflash uchun, avvalo, har birining atash ma’nosini emas, balki umumiy ma’nosini hisobga olish kerak. Mas., ot predmet, sifat predmet belgisi, ravish harakat belgisi, son aniq miqdor, fe’l ishharakat va holat ma’nosiga ega.

So‘zning ma’noviy, morfologik, sintaktik, yasalish belgisi quyidagi jadvalda berilgan:

 

So‘z turkumi

Ma’noviy belgisi

Morfologik belgisi

Sintaktik

belgisi

Yasalish belgisi

 

fe’l

harakat va holat ifodalaydi

nisbat, harakat tarzi, zamon, mayl, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasaladi

 

Ot

shaxs, predmet, o‘rin ifodalaydi

son, kichraytirish-erkalash

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasaladi

 

Sifat

predmet belgisini ifodalaydi

daraja

gap bo‘lagi bo‘lib keladi

yasaladi

 

Son

miqdor ifodalaydi

tartib, dona, chama, jamlovchi, taqsim shakli

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasalmaydi

 

Ravish

harakat belgisini ifodalaydi

lug‘aviy shakli yo‘q

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasaladi

 

Taqlid

tovush yoki ko‘rinishga

taqlid ifodalaydi

lug‘aviy shakli yo‘q

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasalmaydi

 

Olmosh

barcha mustaqil so‘z turkumi ma’nosini ifodalaydi

barcha mustaqil so‘z turkumi lug‘aviy shaklini oladi

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasalmaydi

 

ko‘makchi

lug‘aviy ma’noga ega emas

lug‘aviy shakli yo‘q

so‘zni so‘zga tobelabbog‘laydi

yasalmaydi

 

bog‘lovchi

lug‘aviy ma’noga ega emas

lug‘aviy shakli yo‘q

so‘zni so‘zga teng, gapni gapga teng va tobe bog‘laydi

yasalmaydi

 

yuklama

lug‘aviy ma’noga ega emas

lug‘aviy shakli yo‘q

gap bo‘lagi vazifasida

kela olmaydi

yasalmaydi

 

Modal

munosabatni atash

 

lug‘aviy shakli yo‘q

so‘z-gap bo‘lish, gap bo‘laklari bilan bog‘lana

olmaslik

yasalmaydi

 

Undov

his-hayajonni tasvirlash

lug‘aviy shakli yo‘q

so‘z-gap bo‘lish, gap bo‘laklari bilan bog‘lana

olmaslik

yasalmaydi

So‘z turkumlari orasida ko‘chish hodisasi – muayyan bir turkumga mansub so‘zning boshqa turkumga xos ma’noviy va sintaktik belgiga ega bo‘lishi. O‘zbek tilida boshqa turkumga ko‘chgan yoki ko‘chishga shay turgan so‘zlar talay, bu so‘zning ayni paytda qaysi turkumga kirishini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun:

a) vaqtincha boshqa turkum vazifasini bajarish;

b) butunlay boshqa turkumga ko‘chish

farqlanadi.

Vaqtincha boshqa turkum vazifasini bajarish nutqiy, bunda nutqiy ko‘chma ma’no ifodalanadi. Mas., Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukur qil gapida son turkumiga mansub bir so‘zi vaqtincha ot turkumi vazifasida kelmoqda.

Butunlay ko‘chishda so‘z bir turkumdan boshqa turkumga butunlay o‘tib ketadi. Butunlay ko‘chish deyarli barcha mustaqil so‘zlar doirasida, hatto yordamchi so‘zlarda ham kuzatiladi:

1. Otga o‘tgan: a) sifat: yigit, qiz, o‘g‘il, qari, er, xotin, ko‘r, issiq-sovuq(issiq-sovug‘idan xabar olmoq), achchiqchuchuk, yosh- qari, yosh-u qari, quyuq-suyuq, ko‘k(osmon, nasha, dollar) ("siyoh" so‘zi ham aslida sifatdan ko‘chgan); b) fe’l: yel, shish, yuq, ich, ko‘ch, qir, chaqirdi, chorladi, ko‘rdi, keldiketdi, qo‘ydichiqdi, oldiberdi, oldisotdi; mindimindi(bolalar o‘yinining nomi), bordi-keldi, keldi-ketdi, oldi-berdi, ur-yiqit, ursur, baqirchaqir, yasantusan, supursidir, yuguryugur oldiqochdi(gap), kuydipishdi (ayol), iliguzildi (vaqt), ichakuzdi (hangomalar), supraqoqdi (farzand, ya’ni so‘nggi farzand) kabi sodda, qo‘shma, juft va takroriy fe’l; b) fe’lning harakat nomi shakli: kengash, kurash, o‘qish, yozish, o‘tmish, qilmish, qidiruv, o‘ynash, saylov, ishlov, qurshov, qatnov, qistov, tanlov, tintuv, maqtov, tergov, to‘lov, o‘quv, chanqov, qalov, qarov, to‘ntarish, o‘zgarish, qiziqish, o‘qish, o‘tirish, qarash (vzglyad), muyulish//burilish, burilish ("o‘zgarish" ma’nosida), yozuvchizuv, yurishturish, borishkelish, bosartusar, ko‘rolmaslik, kiraverish; v) fe’lning sifatdosh shakli: o‘qituvchi, bog‘lovchi, kuzatuvchi; g) son: uch, yetti, yigirma, qirq, to‘qqiz; d) taqlid: ququ (qush), dudut (engil mashina), popop (asli: poppop tikuv mashinasi), tutu (tovuq), patpat (mototsikl), shapshap (magazkushak), shaqshaq (qushning nomi).

  1. Sifatga o‘tgan:a)fe’l: daydi, qari, och, chalkash, yanglish, tutash, aralash.b) fe’lning sifatdosh shakli: kelajak, bo‘lajak; v) ot: tilla, kumush, taxta (tilla uzuk, asal bola), moshguruch, yo‘lyo‘l, rangbarang, xilmaxil.g)olmosh:manman.
  2. Olmoshga o‘tgan: a) ot: odam, kishi, inson (zerikib ketdi odam (men), hayron qolasan kishi (men), dardimni eshitadigan inson (hech kim) topilmadi);b)son: bir (bir kishi (kimdir); v) sifat: ba’zi (ba’zilar (allakimlar) unday deydi, ba’zilar bunday).

4. Ravishgao‘tgan: a) fe’lning sifatdosh shakli: charchamasdan (ishlaysan), o‘ylamasdan (gapirdi), indamasdan, bilinar-bilinmas; b) fe’lning ravishdosh shakli: osha, o‘ta, ura, qayta, qo‘yarda-qo‘ymay, ura-sura; v) ot: erta, indin, kecha, kech, kechqurun, savat-savat, navbatma-navbat.

5. Yuklamaga o‘tgan: a) son: bir;b) sifat:yakka, yolg‘iz.

6. Modalga o‘tgan: a) ot: haqiqatdan, chamasi, mazmuni; b) sifat: yaxshi, so‘zsiz, tuzuk, to‘g‘ri, tabiiy; d) olmosh: qani, qalay;

7. Bog‘lovchiga o‘tgan: a) son: bir; b) ravish:ba’zan;b) yuklama: ham;d) ko‘makchi: bilan.

8. Ko‘makchiga o‘tgan: a) ot: ost, ust, old, orqa, tomon, tag, tepa, ich, ora, qosh, lab, yoqa, og‘iz; b) fe’lning ravishdosh shakli: qarab, boshlab, ko‘ra, deya, deb, o‘xshab; d) sifat: tashqari, boshqa, bo‘lak, o‘zga; e) ravish: avval, oldin, ilgari, keyin, so‘ng.

Sanalganning ayrimi bugungi kunda boshqa turkumga butunlay o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, ayrimi hali o‘tish bosqichida. Mas., mavjud grammatikalarda son turkumining tasnifiy belgisi sanalar ekan, predmetning sanog‘i, tartibini bildirishi, qancha, nechta, nechanchi so‘rog‘idan biriga javob bo‘lishi, ot turkumiga mansub so‘z bilan erkin aloqada bo‘lishi va gapda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelishi ta’kidlanadi. Jamlovchi son shakli bu talabga to‘la javob berolmaydi. Ayni paytda jamlovchi sonning -ov, -ala, -ovlon, -ovlab, -ovlashib shakli ajratiladi. Qayd etilgan shakldan -ovlab, -ovlashib shakli, bizningcha, jamlovchi son shakli emas, balki jamlovchi sondan yasalgan fe’lning ravishdosh shakli: ikki+ov+lash+ib.

Asosiy shakl sifatida -ov, -ala, -ovlon ko‘rsatkichlari ajratilishi mumkin. Ma’lumki, bundan -ov, -alashakli boshqa son ma’no turidan farqlanib, deyarli har doim egalik shakli bilan qo‘llanadi. -ovlon shaklli jamlovchi sonning atash ma’nosi bugungi kunda miqdor emas, balki «qanchadir miqdordagi shaxs» deb qaraladi: Oltovlon (olti kishi)ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. -ov, -ovlon shakli barcha sonlar kabi ot bilan birikmaydi, gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelmaydi, sonning so‘rog‘iga javob bo‘lmaydi, barcha son o‘zaklaridan jamlovchi son hosil qilinmaydi. U ko‘proq otga xos belgiga ega. -ala shakli esa sonlik belgisini ham o‘zida birmuncha saqlab turibdi: uchala bola ham qo‘shni qishloqdan ekan. Jamlovchi son shaklidagi ma’no taraqqiyoti quyidagicha:

-ala -ov -ovlon

Ko‘rib o‘tilganidek, bular orasida -ala shaklida sonlik belgisi birmuncha saqlangan, -ovlon shaklida otlik belgisi kuchaygan. -ov shaklida sonlik ham, otlik ham mushtarak. Demak, jamlovchi sonning -ov va -ovlon shakllari ayni paytda otga ko‘chishni «boshidan kechirmoqda».

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.