Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {turkman}
So‘z bo‘g‘inlari: turk-man
Izoh(lar)i:
turkman ot

1. 1. Turkmanistonning asosiy aholisini tashkil etuvchi xalq va millat nomi. Turkman xalqi. Turkman millati.

2. 2. Shu xalq, millatga mansub, tegishli. Turkman tili. Turkman madaniyati.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Turkmantili–turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til; Turkmaniston Respublikasining davlat tili. Asosan, Turkmaniston, shuningdek, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiyaning Stavropol o‘lkasi, Eron, Iroq, Turkiya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkman tilida so‘zlashuvchilarning umumiy soni 4.8 milliondan oshadi (o‘tgan asrning 90-yili ma’lumoti).

Asosiy lahjalari: taka, yovmut, ersari, go‘klan, sariq, salir, chovdur.

Turkmantilig‘arbiy o‘g‘uz qabila tillari negizida shakllangan. Turkman tilining o‘ziga xos belgilari: birlamchi cho‘ziq unlilarning mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi, kelasi zamon gumon fe’li inkor shaklining -r tugallanmali variantining qo‘llanilish va boshqalar. Leksikasida arab, fors, mo‘g‘ul, o‘zbek, tatar, rus va xitoy tillaridan o‘zlashgan so‘zlar uchraydi.

Eski adabiy turkmantili, asosan, she’riyat tili hisoblangan. Hozirgi adabiy turkman tiliXXasrning 20- yillaridan turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.