Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {turg‘un}
So‘z bo‘g‘inlari: tur-g‘un
Izoh(lar)i:
turg‘un sf

1. Biror joyda doimiy yashov-chi, o‘rnashib qolgan; muqim; Shaharning turg‘un xalqi. ▬ Bir necha yil darbadar umr kechirib oshpazlik qildi, oxiri ona qishlog‘i Avvalda turg‘un bo‘lib qoldi. K. Yashin, Hamza
Sen aytgancha, kuyoving Toshkentdan ikkinchi uylanmasin-da, Kumushni qudalaring oldiga turg‘un qilib yuboraylik, tuzukmi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Furqat vatanida bo‘lolmay turg‘un, Donishday, Voqifday g‘am-alam yutdi. X. Rasul

2. O‘zgarmas bo‘lgan, doimiy, barqaror. Turg‘un muvozanat. Turg‘un holat. Barcha tashkilotlarni turg‘un kadrlar bilan ta’minlash. ▬ Hayotda hech narsa turg‘un bo‘lib qolmaganiday, teatrda ham ko‘p narsalar o‘zgardi. S. Karomatov, Hijron

3. To‘xtab, turib qolgan, harakat qilmaydigan; harakatsiz; oqmas. Turg‘un suv. ▬ U ko‘zlarini hovuzdagi turg‘un ko‘kimtir suvga tikib o‘yladi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Turg‘un (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: beqaror , o‘zgaruvchan
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.