1. 1. Yerning kovlash, chopish, haydash, ezilish va shu kabilar natijasida hosil bo‘lgan yumshoq qismi, qatlami.
Bir hovuch tuproq. Tuproq uyumi. O‘rani tuproq bilan ko‘mib tashlamoq. Tuproq olsang, oltin bo‘lsin.
Maqol
Chuqurliklardan irg‘itilayotgan tuproq okoplarning chap qirg‘oqlarida tog‘ bo‘lib ko‘tarilmoqda.
I. Rahim, Chin muhabbat
Bo‘sag‘ani to‘rt enlik tuproq qoplagan.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
2. 2. Yer qobig‘ining o‘simlik rizq olib o‘sadigan ustki qatlami; yer.
Qora tuproq. Qumloq tuproq. Tuproq xaritasi. Tuproq-iqlim sharoiti.
▬
Mirzacho‘lning tuprog‘i Bo‘lar yoshlikning bog‘i, Toshar sevgi bulog‘i, To‘ldirib dil jomimni.
Yo, Mirzo
Sharoitga qarab paykallarga chigit suvi berilmapti, chunki tuproq qatlamida nam ancha kamayib qoldi.
Gazetadan
Tuproq — hosilning negizi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tabiiy shart-sharoitlaridan va yagona vositalaridan biri.
Fan va turmush
3. 3. O‘lgan kishining xoki; xok.
[Qurbon ota:] Bir siqim tuprog‘im begona yurtda qolib ketmasa ekan, degan o‘yga bordi.
A. Qahhor, To‘y
4. ko‘chma hma Ma’lum yurt, o‘lka, mamlakatga qarashli hudud.
Hozirgi O‘zbekiston tup-rog‘ida yashagan qadimgi xalqlar o‘zlarining mustaqil, boy madaniyatlariga ega bo‘lganlar.
K. Yashin, Hamza
Ular endi Movarounnahr tuprog‘ida edilar. Bu ro‘yi zamin dunyodagi eng go‘zal va eng muqaddas mamlakat edi.
Mirmuhsin, Me’mor