1. 1. Qushlarning og‘zi bilan birikkan, cho‘qish va zarb berish uchun xizmat qiladigan o‘tkir uchli shoxsimon a’zosi.
Tovuqning tumshug‘i. Laylakning bo‘yi novcha, tumshug‘i bor tarnovcha. Uyg‘un.
▬
Qushchaning juvoldiz uchiday tumshug‘i salgina ochilishi bilan jilg‘ani kuchli ovoz tutdi.
S. Anorboyev, Oqsoy
2. 2. Hayvonlar boshining old (og‘iz, burun tomon) qismi.
Cho‘chqaning tumshug‘i.
▬
Yelib-yo‘rg‘alab ketayotgan to‘riq daf’atan tumshug‘ini baland ko‘tarib, qattiq kishnadi.
S. Anorboyev, Oqsoy
Tarzan boyagiday buyruqni bajarib, qand mukofot olgisi kel-dimi, saxiy egasining oyog‘iga yalpoq tumshug‘ini surkadi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
3. s. t. t. Dag‘l. Aft-bashara; kalla, boshning yuz, bet tomoni.
Poshsha xola kuyovning tumshug‘i oldida ombur qilib qisilgan barmoqlarini o‘ynata boshladi.
D. Nuriy, Osmon ustuni
U [Madaminxo‘ja] borib, muttaham qozining tumshug‘iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
4. ko‘chma hma Biror narsa, buyum va shu kabilarning oldinga chiqib turgan qismi, burni.
Kemaning tumshug‘i. Miltiqning tumshug‘i.
▬
Xoliq ko‘zlab turib, og‘ir etigining tumshug‘i bilan bir tepdi.
H. Nazir, Cho‘l havosi
Po‘lat qush tumshug‘ini cho‘za-cho‘za, osmonga ko‘tarildi.
N. Safarov, Olovli izlar
Ularning biri sumkadan oyna qutiga o‘xshash narsani oldi-da, mashinaning tumshug‘iga qo‘ydi.
Mirmuhsin, Supurgiga sajda