Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tuman}
So‘z bo‘g‘inlari: tu-man
Izoh(lar)i:
tuman ot

1. 1. Atmosferaning quyi qatlamlarida yuzaga keladigan mayda suv yoki muz zarralari. Quyuq tuman. Tonggi tuman. Havo tuman bo‘lganidan o‘rmon ko‘zga ko‘rinmas edi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
Sal o‘tmay soylikni oqish harir tuman qopladi. O. Yoqubov, Izlayman
Ro‘parada past-baland cho‘qqilarini osmonga turtib, ko‘kish tuman pardasiga burkangan Chotqol tog‘lari. P. Tursun, O‘qituvchi

2. ko‘chma hma Tumanga o‘xshash, xira, nimqorong‘i holat. Bahorning fikri bulut bosgan osmonday qorong‘ilashdi-yu, ko‘z oldini tuman chulg‘adi. Sh. Rashidov, Qudratli to‘lqin

3. esk. sk. O‘n ming. Birniki mingga, mingniki tumanga. Maqol

4. 2. Nihoyatda ko‘p, sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan, tumonat. Salomatlik — tuman boylik. Maqol
Biz uchun eng avvalo tuman boyliklar yaratishga qodir bo‘lgan odamlarning salomatligi kerak. Gazetadan

5. tar. ar. Tilla barobarida o‘n ming so‘m. [Sohib Doro:] Xalifamiz o‘tgan kuni devon qurib, vazirlari va beklaridan ikki tuman aqcha topib bermoqni talab etibdurlar. M. Osim, Zulmat ichra nur

6. tar. ar. Markaziy Osiyo va Xurosonda: o‘n ming otlikdan iborat askariy qism, diviziya. Men., bir tuman birla g‘animning o‘ng qo‘lidan orqasiga o‘tib oldim. M. Osim, O‘tror
Turgin, ota, qara, naq tuman Dushman kelar sarhadma-sarhad. X. Davron, Bolalikning ovozi

7. tar. ar. Sharqda, jumladan, O‘zbekistonda 20-asr 20-yillarigacha ma’muriy-hududiy bo‘linish; uyezd; Shu o‘ttiz chaqirimlik ariq qazilib bitganda, Namangan va Andijon tumanlaridan ikki ming botmongacha yer sug‘orilar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Mardon asli Sherobod tumaniga qaraimi bir qishloqlik yigit. M. Osim, Elchilar

8. 2. O‘zbekistonda: viloyat, shahar hududida ularning tarkibiy qismi bo‘lgan ma’muriy-hududiy bo‘linma. Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani. Bu haqda hikoya qilishni tumandagi oilalardan boshladik. Gazetadan

9. shv. Tuban, quyi.

10. Eronda 1932 yilga qadar muomalada bo‘lgan pul birligi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. tuman I Ot
atmosferaning quyi qatlamidagi havoning suv yoki muz zarralari

2. tuman II Ot
viloyat yoki shaharning tarkibiy qismi

3. tuman III Son
o‘n ming

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.