Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tul}
So‘z bo‘g‘inlari: tul
Izoh(lar)i:
tul ot

1. Eri yoki xotini o‘lib yolg‘iz qolgan; beva, yesir. Tul xotin. Tul qolmoq. Qancha-qancha onalar, kelinchaklar tul bo‘ldi. Z. Diyor
[Ahmadning] Pastdagi qo‘shnisi tul erkak, juda bo‘shang, beozor odam edi. F. Musajonov, Himmat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: beva [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: to‘l Qo‘ylarning tug‘ish mavsumi, qo‘zilash, qo‘zilatish. To‘l vaqti. To‘l tushmoq.

Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub «Hibatu-l-haqoyiq» – (“Haqiqatlar armug‘oni”) kitobi uch nusxada yetib kelgan, bir-biridan kam farq qiladi. Ulardan eng qadimiysi Samarqandda Zaynul Obidin degan xattot tomonidan uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan, 1444- yilda Turkiyaga borib qolgan. 1480- yilda Markaziy Osiyodan Abdurazzoq baxshi Turkiyaga borib, ushbu kitobdan arab va uyg‘ur yozuvida ikki nusxa ko‘chirgan. Uchala nusxa ham Istanbulda saqlanadi. So‘ngroq yana ikki nusxa topilib, hozirda kitob qo‘lyozmasining 5 nusxasi mavjud.

Zaynul Obidin nusxasida kitobning nomi “Atebatu-l-haqoiq” (“Haqiqatlar eshigi”) deb berilgan va Turkiyada shunday nom bilan mashhur. Undan ko‘chirilgan nusxaning biri “Aybat u-l-haqoiq”, ikkinchisi “H ibat u-l-haqoiq” deb nomlangan. Bizda shu nom bilan mashhur. Uni o‘rganishda olimlarimizdan Qayum Karimov, Qozoqboy Mahmudovning hizmati katta.

Mutaxassislar asarning yaratilish tarixini XII asrning oxiri deb belgilaydi. Kitob muallif zamondoshi Dod Spohsolorbekka bag‘ishlangan (spohsolor “bosh qo‘mondon” ma’nosini beradi).

“Hibatu-l-haqoyiq” bor yo‘g‘i 256 baytni tashkil qiladi. U boshidan oxirigacha ta’rif tavsifdan iborat. Salmoqli o‘rinni odob-axloq masalasi egallaydi, maxsus bir bobi esa dunyo va umr haqidagi falsafiy kuzatishlarga bag‘ishlangan. U dunyoni karvonsaroy (robot), insonni yo‘lovchi deb biladi.

“Hibatu-l-haqoyiq” asosan aruzning mutoqorib bahrida to‘rtliklar ko‘rinishida yozilgan. O‘rni bilan masnaviyga ham murojaat qilingan.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qulun – toychoq – toy – g‘unan – dunan – tulan beshak
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.