Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tuk}
So‘z bo‘g‘inlari: tuk
Izoh(lar)i:
tuk ot

1. 1. Badanda o‘sadigan soch yoki yungning har biri; mo‘y. Mo‘ylov tuki, Sochining har bir tolasi, qoshidagi har bir tuk, mijjasidagi har bir kiprik ko‘z o‘ngimda turibdi. I. Rahim, Chin muhabbat

2. 2. Ba’zi narsalarning ustini qoplab olgan (qoplab o‘sgan) mayda qilsimon o‘simta. Shaftolining tuki. Chigitning tuki. Otliq shoxni ushladi, uni avaylab o‘ziga tortdi, keyin behilardan birining chang bosib yotgan tukini qo‘li bilan artdi, qalpoqli boshini engashtirib, uni hidladi, yana hidladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. peshona teri tukildi: mashaqqat bilan jismoniy mehnat qildi

1. Tik-tik – tak-tak – tuk-tuk
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat-holatning tez yoki sekinligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.