1. 1. Birovni ayblash yoki qoralash maqsadida o‘ylab chiqarilgan asossiz da’vo; bo‘hton.
Tuhmat qilmoq. Tuhmat yog‘dirmoq. Tuhmat tosh yoradi, Tosh yormasa, bosh yoradi.
Maqol
— Nega eringga xat yozmaysan? — Voy bundan bo‘lak ham tuhmat bormi? Nega xat yozmas ekanman.
A. Qahhor, Xotinlar
Uying kuygur-da ikki oy qadar ishladim. Keyin haydadi. Boshimga qancha tuhmatlar ortdi yana.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. s. t. t. Ortiqcha tashvish, dardisar.
Shoshib turganimda, sen ham tuhmat bo‘lding menga.