1. 1. Arqon, ip, lenta va shu kabilar narsalarning bog‘lab ulangan, tugilgan joyi.
Arqonning tugunini yechmoq. Ipning uchiga tugun solmoq. Botinkaning ipiga tugun tushib qolibdi. Galstukning tuguni chiroyli chiqibdi.
▬
Uzilgan ip qayta ulansa ham, tuguni qoladi. Yurak ip emaski, qayta ulansa.
A. Eshonov, Bir og‘iz so‘z
Kostyumni yechib, ko‘rpachaga tashladim, galstukning tugunini bo‘shatdim.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
2. 2. O‘rab, bo‘g‘chalab bog‘langan narsa; bo‘g‘cha.
Adolat boshidagi tugunni, orqasidagi qop-chig‘ini yerga qo‘yib, Shakarxonga qaradi.
I. Rahim, Chin muhabbat
Uzoqda, siyrak daraxtlar bilan qoplangan qiyalikda qop va tugunlar orqalagan ikki ayol va bir cholning qorasi ko‘rinib qoldi.
Oybek, Quyosh qoraymas
Qambarali aka tugunni yechdi, bir dasta nuqul yuz so‘mlik pulni ko‘rib, kayfi uchib ketdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. ko‘chma hma Kishi tana a’zosida yoki boshqa narsada hosil bo‘lgan tugunga o‘xshash narsa.
Daryo qisqichbaqasining nerv sistemasida, chuvalchangdagi singari, yirik halqum ustki tuguni bo‘ladi.
Zoologiya
Nerv tugunlari — o‘zaro birikkan neyron tanachalarining to‘plamidir.
Odamning anatomiyasi va fiziologiyasi
4. ko‘chma hma Umuman, hal etilmay, ochilmay, yechilmay, tugun holda bo‘lgan narsa.
— Munozaralar vaqtida ko‘p mushkul tugunlar ochilib, noaniq masalalar hal etilgay, — dedi alloma boshini ko‘tarib.
M. Osim, Ibn Sino qissasi
Mening xavotir olgan joyim shuki bu voqealar tuguni bir kalladan chiqqanga o‘xshaydi
A. Muxtor, Opa-singillar
Akbarov, Eshonboyev, Hakimov muammosi ko‘nglida tugun bo‘lib turar edi, endi bunga Gavhar orqali Toshev muammosi ham qo‘shilib, tugun yanada chigallashdi.
P. Qodirov, Uch ildiz
5. ad. ad. Badiiy asarda voqeaning rivojlana boshlashiga sabab bo‘lgan voqea, hodisa.
Keling, arqonni uzun tashlab, sabrga erk beraylik yana. Zotan, har bir asarning tuguni bilan birga yechimi ham bor-ku?
J. Abdullaxonov, To‘fon
Oyqizning psixologik holati roman markazida turgan muhim tugunki, uning yechimi uchun Oyqiz tipidagi boshqa bir shaxs ishtiroki talab qilinardi.
O‘TA