Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tug} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tug-moq
Izoh(lar)i:
tug fl

1. 1. Tugun solmoq; tugun solib ulamoq, bog‘lamoq. Ro‘molning uchini tugmoq. Ipning ikki uchini tugib bog‘lamoq. Sochin tugib, sallani o‘ray berdi boshiga. Oysuluv

2. 2. (jo‘nalish kelishigi bilan) O‘rab bog‘lamoq, bo‘g‘chalamoq; o‘rab, tugun solib joylamoq. Dasturxonga non tugmoq. Belga (belbog‘ga) pul tugmoq. Keyin sandiqni ochib, bisotidan bir kiyimlik chit oldi-da, barkashning ustiga qo‘yib, dasturxonga tugdi. T. Alimov, Sovg‘a
Nodir indamay o‘rnidan turdi. Oyisi ro‘molchaga non, meva-cheva tugdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina

3. 3. Chetlarini yopishtirib yasamoq, tayyorlamoq (chuchvara, somsa va shu kabilarni). Manti tugmoq. Somsa tugmoq. Dugonalar ish bilan band bo‘lishdi: biri patir yasadi, biri somsa tugdi. H. G‘ulom, Toshkentliklar
Go‘shti, xamiri tayyor, mantini o‘zingiz tugib yuboring, inim, chaqqonsiz, har ishga qo‘lingiz kelisha qoladi. Oybek, Ulug‘ yo‘l
Kelin shunday mitti chuchvara tugadiki, uning to‘rttasi bitta qoshiqqa sig‘adi. Gazetadan

4. ko‘chma hma Yig‘moq, to‘plab g‘amlamoq. Topganini tugadi. Ayollar ko‘z yoshi to‘kib, bu xonadonda hamma narsa bor, faqat to‘y yetishmadi, boyoqish yig‘di, tugdi, essiz, kelin ko‘rmay ketdi, deb afsuslanishgan edi. S. Nurov, Narvon
Topganimni shunga tugib qo‘yib, o‘zim bola-chaqa bilan po‘stakning junini yeyman. A. Qahhor, Tobutdan tovush

5. bot. ot. Hosil nishonasini bermoq, meva solmoq. Olcha g‘uj-g‘uj tugibdi. Bu vaqt ko‘klam kelib, hamma yoqni yashil libos bilan bezagan, gullar g‘uncha tugib, ariqchalarda suvlar hayqirib oqqan, dov-daraxtlar tomiriga jon kirgan payt. J. Abdullaxonov, To‘fon
Bu orada daraxtlar gullab, meva tuga boshladi. S. Nurov, Narvon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tuymoq Keli, hovoncha kabi idishda maydalamoq; his qilmoq.
Qomus: mavjud emas.

1. yuragiga tugmoq: 1. o‘rni kelganda aytishni mo‘ljallab qo‘ydi 2. ahd qildi 3.fikran belgilab qo‘ydi 4. unutmay ichda saqladi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.