Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tugma}
So‘z bo‘g‘inlari: tug-ma
Izoh(lar)i:
tugma ot

1. 1. Kiyim, g‘ilof va shu kabilarning chetiga qadaladigan, odatda to‘garak shaklidagi tutqich. Sadaf tugma. Ko‘ylak tugma-si. Tugma qadamoq. Havo hali isimagan bo‘lsa ham, xomsemiz hokim formasining ko‘krak tugmalarini yechib tashlab, yelpinishga tutindi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Kiyimga qadaladigan tugma tez uzilib ketmasin desangiz, uni shamga ishqab olingan ipda tiking. Gazetadan

2. 2. Ulagich, knopka. Qudrat qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Sattor liftning pastga olib tushadigan tugmasini bosmoqchi edi P. Qodirov, Erk
Hamshira chiqib ketgach, Ahmedov stolining burchagidagi tugmasini bosdi. H. Nu’mon, Fasllar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.