Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tuf} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tuf-la-moq
Izoh(lar)i:
tuf ot

1. 1. 1 Tupurganda hosil bo‘ladigan tovushni bildiradi. Nasva [nasiba] tortib kelib qolsa Ahmadjon, Haq, tuf, deb tupuradi yuzingga. Yusuf va Ahmad

2. etn. tn. Ko‘z tegmaslikni istab aytiladigan so‘z. Anzirat xola uning bolasiga havasi kelib, o‘rnidan turib, bolani qo‘liga oldi: — Tuf, yomon ko‘zdan saqla, muncha ham do‘mboq, muncha ham oppoq! A. Muxtor, Opa-singil-ar

3. geol. Qurilish materiali sifatida yoki boshqa maqsadlarda ishlatiladigan g‘ovak, rangdor tog‘ jinsi (vulqon otilishi mahsuli yoki issiq buloq cho‘kindisi sifatida hosil bo‘ladi). Tuf ko‘p asrlardan buyon faqat qurilish materiali hisoblanar edi. Endilikda esa bu toshdan original gazlama tayyorlanmoqda. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tup O‘simlik yo daraxtning donasi. Bir tup o‘rik. Bir tup daraxt.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.