Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tuban}
So‘z bo‘g‘inlari: tu-ban
Izoh(lar)i:
tuban sf

1. 1. Quyi, past. — Xizmat? O‘tiringlar, — a’lam tetik, ayyor ko‘zlari bilan keluvchilarga razm solib, tubanroqdan joy ko‘rsatdi. Oybek, Ulug‘ yo‘l
Kema tuban oqib boradi, Bo‘ron uni qirga oladi. E. Rahim
Qulmurodning bu so‘zlarini eshitgan Shokir qizarib-bo‘zarib ketdi va nima deyishini bilmasdan, boshini tuban soldi. S. Ayniy, Qullar

2. ko‘chma hma Mavqeyi, xislatlari, sifati va shu kabilar jihatidan quyi darajali; past, arzimas. Tuban odam. Aqlga kelganda, mulla Sultonquldan ancha pastda, tegirmonchidan esa juda ham tuban turadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Hayot oqimidan sokin, uning talabidan tuban yashash o‘qituvchini beobro‘ va beqadr qiladi. R. Usmonov, Odobnoma

3. ko‘chma hma Hayot, axloq talabi nuqtayi nazaridan yomon, yaramas. U [Fazliddin] yaqinda yana ichib kelib, onasini eng tuban haqoratlar bilan tuproqqa qorib tashladi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
Giyohvandlikning qanday qilmishlarga sabab bo‘lishi, fohishabozlikning naqadar jirkanch, tuban ekanligini yashirmay-netmay ko‘rsatmoqdamiz. Gazetadan
Boshqa iloj qolmagach, ona eng tuban va jirkanch bir hunarga tutindi; do‘kondorlarga, mulkdorlarga, badavlat odamlarga yanada ziyoda davlat tilab, xayr-sadaqa so‘ray boshladi. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bo‘lmag‘ur
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bo‘lmag‘ur – be’ma’ni – noma’qul – nodurust – tuban – jirkanch – rasvo – yaramas – razil – qabih
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ortiqligiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.