1. Turli xil mashina, mexanizm va boshqalar xil qurollarni tortuvchi, ularning harakatga keltiruvchi va yuk tashuv-chi o‘ziyurar mashina.
G‘ildirakli traktor. Gusenitsali traktor. Haydov traktori. Chopiq traktori. Traktor haydovchisi. Yerga traktor solmoq. Yerni traktor bilan haydamoq.
▬
Uchta traktor sekin-sekin yurib, past-balandlarni surib, tekislab borardi.
E. Raimov, Ajab qishloq
Og‘ir to‘pni sudrab ketayotgan traktor buzilib, yo‘lni to‘sib qo‘yibdi.
I. Rahim, Chin muhabbat
Zamonaviy qishloq xo‘jaligini kuchli traktorlar, murakkab mashina va mexanizmlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Gazetadan