Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {toy}
So‘z bo‘g‘inlari: toy
Izoh(lar)i:
toy fl

1. 1. I Silliq yuzada monesiz surilib, sirg‘anib ketmoq; toyg‘anmoq. Nazira shoshib yoniga qaramoqchi bo‘lgandi, suvga engashib qolgan quvur ustidan pastga qarab oyog‘i toyib ketdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Ko‘cha va tomlar qordan oqara boshlagan. U sirpanib, toyib, xizmatkorxonaga jo‘nadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ko‘chma hma Chetga chiqmoq, adashmoq, ozmoq. Shariat yo‘lidan toygan qizning so‘ziga ishonasanmi? Oybek, Tanlangan asarlar
Oyog‘im sal toydimi, bas, burnimni yerga ishqaydilar. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

3. 3. (faqat bo‘lishsiz shaklda) Qaytmoq, tap tortmoq. U hech narsadan toymaydi. Yalang‘och suvdan toymas. Maqol
Borib turgan shum, toshyurak bola edi, mushtdek boshidan jonivorlarni qiynab o‘ldirishga o‘rgangan odam o‘ldirishdan ham toymaydi. M. Osim, Tilsiz guvoh
Aytganini qilish uchun hech narsadan toymaydi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. toy I Ot
ikki yashar ot

2. toy I Ot
ikki yashar ot

3. toy II Fe’l
sirg‘anib ketmoq

4. toy II Ot
katta o‘ram, bog‘lam

5. toy III Fe’l
sirg‘anib ketmoq

6. toy III Ot
o‘ram

Paronimi: mavjud emas.

Chig‘atoytiliatamasi mo‘g‘ul istilosidan keyin paydo bo‘lgan. Chingizxonning o‘rtancha farzandi bo‘lgan Chig‘atoy O‘rta Osiyo va Afg‘onistonda hukmronlik qilgan. Natijada chig‘atoy yurti, chig‘atoy ulusi, chig‘atoy adabiyoti, chig‘atoy tili degan atama iste’molga kirgan

Oltoy tili– turkiy tillardan biri. 1948- yilgacha oyrot tili deb atalgan. Rossiya Federatsiyasi Oltoy o‘lkasining Tog‘li Oltoy viloyatida tarqalgan, 60 mingga yaqin kishi so‘zlashadi. Lahjalari 2 guruhga bo‘linadi: a) janubiy (qirg‘iz-qipchoq guruhi); b) shimoliy (uyg‘ur guruhi). Oltoy tilifonetik xususiyatiga ko‘ra qirg‘iz tiliga ancha yaqin: unlilar sistemasi o‘xshash, lab garmoniyasi mavjud. Undoshlar tizimida farqlar ham bor: qirg‘iz tilidagi so‘z boshida keluvchi qorishiq dj ga Oltoy tilida d’ mos keladi. Qirg‘iz tilidan farqli ravishda unlilar orasida jarangsiz undoshlar jarangli undoshlarga aylanadi. Fe’llar tuslanganda, shaxs ko‘rsatkichining reduksiyaga uchrashi – oltoy tilimorfologiyasining asosiy xususiyati.

Bu oilaga turk, mo‘g‘ul, manchjur, yapon, koreys va boshqa til tarmog‘i kiradi. “Oltoy” atamasi ushbu tillarning ehtimoldagi qadimgi vataniga ishora. Turkiy tarmoq o‘z navbatida quyidagi guruhga bo‘linadi: o‘g‘uz guruhi (turkman, gagauz, ozarbayjon, turk, qrim-tatar va bolqon turklari tili), qipchoq guruhi (qo‘miq, qorayim, bolqar, tatar, boshqird, no‘g‘ay, qoraqalpoq, qozoq tili), qorluq-uyg‘ur guruhi (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili), uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi (tuva, tofa, yoqut, xakas, shor, sariq uyg‘ur va boshqalar), qirg‘iz-qipchoq guruhi (qirg‘iz va oltoy tili).

G.Ramsted, N.N.Poppe, E.D.Polivanov, V.L.Kotvich, R.Ryasyanen kabi turkiyshunoslarning asarlarida turli davrlarda turlicha nuqtai nazardan isbotlashga harakat qilingan oltoy nazariyasining kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan: sanab o‘tilgan til tarmoqlaridagi anchagina umumiy leksika; so‘zning tovush tarkibidagi, fonetik (singarmonizm) va morfologik qurilishidagi (agglyutinatsiya) o‘xshashliklar; sintaktik strukturaning mosligi va so‘z yasalishi tizimining o‘xshashligi. Shuningdek, deyarli barcha tillarida maxsus so‘roq yuklamalari mavjud, old qo‘shimcha yo‘q. Egalik kategoriyasi taraqqiy etgan, ravishdosh va sifatdosh kuchli rivojlangan. Biroq sonlar, tana a’zolari nomlari, yil fasllari va sutka bo‘laklari, osmon jismlari, ob-havo hodisalari nomlari kabi asosiy lug‘aviy guruhlar orasidagi o‘xshashliklar nisbatining ancha pastligi ularga oltoy bobo tili asos bo‘lganligini shubha ostiga qo‘yadi.

Demak, oltoy tillarining qarindoshlik darajasini o‘rganish dolzarb masala.

 

 Xitoy tili – xitoy-tibet tillar oilasiga mansub tillardan; Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy tili. Unda so‘zlashuvchilarning umumiy soni 1 milliard 292 milliondan oshadi (2003-y.). Shuningdek, bu tilda Indoneziya, Kambodja, Laos, Vetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreyada 30 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Xitoy tilida, asosan, 7 lahja mavjud: shim, u, syan, gan, xakka, yue, min. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyati jihatidan ancha farqlanadi, hatto turli lahja vakillari bir-birlarini tushunmaydi, ammo lahjalarnung grammatik qurilishi yagona.

Xitoy tiliga oid qadimiy yozma yodgorliklar miloddan avvalgi 2- ming yillikning 2- yarmiga oid Qadimgi adabiy yodnomalar – «Shutszin» (Tarix kitobi) va «Shitszin» (Qo‘shiqlar kitobi) miloddan avvalgi 1- ming yillikning 1- yarmiga oid. O‘sha davrdagi jonli lahjalar asosida qadimgi adabiy xitoy tilishakllangan.

Xitoy tilidagi morfema va sodda so‘zlar odatda bir bo‘g‘inli. Bo‘g‘in tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar ma’lum tartibda joylashadi. Xitoy tilida bo‘g‘in tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xitoy tili bo‘g‘inlarining miqdori chegaralangan. Putunxuada 44 bo‘g‘in, ton variantlarini hisobga olganda 1324 bo‘g‘in mavjud.

Xitoy tilida bir bo‘g‘inli so‘zlarga qaraganda ikki bo‘g‘inli so‘zlar ko‘proq. Terminologiyaning rivojlanishi natijasida ikkidan ortiq bo‘g‘inli so‘zlar ham ko‘paymoqda. So‘z yasalishi so‘z qo‘shish, affiksatsiya, konversiya orqali amalga oshiriladi. Bu tilda deyarli o‘zlashma so‘zlar yo‘q. O‘ziga xos morfologik va sintaktik belgilarga ega.

Bu oilaga tay-xitoy guruhi (xitoy, dungan, tay, laos, chjuan, vetnam tili), tibet-birma guruhi (tibet, birma tili) kiradi.

1. jaddiga toymoq: kimsaning qilmishi uchun aybdor bo‘lib qolmoq, javob bermoq.

2. toy-toy turmoq: ayn. g‘oz-g‘oz turmoq q. g‘oz-g‘oz

1. Astoyidil – yurakdan – chindan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Qizg‘anchiq – xasis – saxovatli – saxiy – hotamtoy
Ma’nosiga ko‘ra
(xususiyatning ijobiy-salbiyligiga ko‘ra)

3. Qulun – toychoq – toy – g‘unan – dunan – tulan beshak
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatiga ko‘ra)

4. Yig‘ilish – majlis – qurultoy – konferentsiya
Ma’nosiga ko‘ra
(miqyos kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.