1. 1. I 1 Oyoq kaftining orqa qismi. Yumshoq tuproqqa qadam qo‘yganingda, tovoning huzur qiladi. ▬ Kalishda terlab, tovonlari qorayib ketgan oyoqlarini suvga tiqib shaloplatdi, joni rohatlandi. Yoshlik
2. 2. Oyoq kiyimining shu joyga to‘g‘ri keladigan qismi. Tovoni teshik mahsi. Tovoni qora paypoq. ▬ Avazning ham tovoni teshilayozdi, kovushining butuni qolmadi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
3. 1. Keltirilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan yoki olinadigan haq. Tovon olmoq. Tovon to‘lamoq. ▬ Kelgan balo-yu qazo o‘shanga ursin. Tovon to‘lab, nafsoniyatimni-yam yerga urmang. S. Karomatov, So‘nggi barxan
4. 2. Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanib, biror narsa, ish-harakatning shu kelishikdagi so‘z bildirgan shaxs zimmasida ekanligini bildiradi. Ro‘zg‘orning ikir-chikir ishlari qizi Zuhraga tovon. A. Muhiddin, Aybsiz aybdor
1. tovon I Ot oyoq tagining orqa qismi
2. tovon I Ot oyoqning kafti
3. tovon II Ot zararni qoplash uchun beriladigan mablag‘; badal
4. tovon II Ot evaziga beriladigan narsa
1. Tovon – to‘piq – boldir – tizza – son Ma’nosiga ko‘ra (oyoq qismlarining quyi-yuqoriligiga ko‘ra)