1. 1. Bir oz yeb, ichib, mazasini ko‘rmoq. [Nabigul Qodirga:] Musallas suzgandan keyin, qandoq qilib sabring chidaydi, totib ham ko‘rasan-da. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
2. 2. Umuman, yemoq, ichmoq. Mehnat qilib topganing — qand-u asal totganing. Maqol [Gulnor] Ertalabki choydan buyon uyda ikki marta ovqat tayyorlangan bo‘lsa ham, hech nima totmagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. ko‘chma hma Boshdan kechirib, lazzatini, ta’mini ko‘rmoq, sinamoq. Achchiq bilan chuchukni totgan bilur, Uzoq bilan yaqinni yurgan bilur. Maqol Bu yerdagilarning ko‘pi Sobir Umarov qilichining tig‘ini totib ko‘rgan. H. G‘ulom, Mash’al Qullik azobini totgan-u, ammo U shamol bo‘lganin unutolmagan. X. Davron, Qaqnus
1. dunyoning achchiq-chuchugini totmoq: -
2. totmoq: -
3. turmushning achchiq-chuchugini totmoq: -
4. tuzini totmoq : -
1. Yemoq – tanovul qilmoq – iste’mol qilmoq – totmoq – olmoq – tushirmoq – urmoq – xam qilmoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)