Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tort}
So‘z bo‘g‘inlari: tort
Izoh(lar)i:
tort fl

1. 1. Biror yeridan ushlab, tutib, o‘ziga tomon surmoq yoki surishga harakat qilmoq. Eshikni tortib ochmoq. Qo‘lidan tortib turg‘izib qo‘ymoq. Sidiqjon tutning ostida otning boshini tortib: — Tut yemaymizmi? — dedi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Anzirat kampir quti o‘chib, o‘rnidan turdi, Bashoratning yoniga kelib, uning boshini ko‘kragiga tortdi. A. Muxtor, Opa-singillar
[Gavhar] Tal’at bilan yuzma-yuz turgan Mansurning ko‘lidan ushlab tortdi O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Orqasiga tirkalgan, qo‘shilgan va shu kabilar holatdagi narsani kuch bilan olg‘a yurgizmoq, yurgizib olib bormoq. teplovoz so‘nggi marta qichqirib, sostavni tortib ketdi. H. G‘ulom, Feruza
Ho‘kiz kallasini egib, omochni tortishga urinar, qo‘shchi esa hadeb qistardi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Kichkinagina mashinasini tortib yurgan bola Muhiddinni o‘ziga jalb qildi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

3. 3. Ichiga kuch bilan yo‘naltirmoq, yuritmoq. Komiga tortmoq. Qa’riga tortmoq. Nishonov papirosini tutatib, yaxshilab tortib oldi-da, stol ustiga engashdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Muqaddam flakondagi dorini shprisga tortib oldi-da, ignasini yuqoriga ko‘tardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. 4. Biror nuqta (joy)dan boshqasi oralig‘iga o‘tkazmoq, yuritmoq. Zulfiqor, boboning ko‘lidan teshani olib, [qoziqni] yana ham mustahkamladi-da, Me’morga qarab: — Endi ustiga mix qoqib, kanop tortaversak bo‘ladimi? — deb so‘radi. Mirmuhsin, Me’mor
Bir necha kun ilgari aloqachilar sim tortib yurib, Davronni uchratishgan edi. T. Rustamov, Mangu jasorat

5. 5. Atrofidan tarang qilib o‘tkazmoq, bog‘lamoq. Hotam esa otining ayil-pushtanini qaytadan tortdi M. Hazratqulov, Jur’at
Qarshisida ko‘kragidan qayish tortgan, qizil shapka kiygan militsioner turibdi. Guldasta

6. 6. Biror narsani, uning sirtini, ochiq joyni to‘smoq, berkitmoq. Betiga niqob tortmoq. Bir tomonda dorbozlar dor tikadi, qo‘g‘irchoqbozlar chodirxayol pardasini tortadilar. S. Siyoyev, Avaz
Haligi xotin qisilgandanmi, uyalgandanmi, boshidagi oq doka ro‘molini yuziga tortib, qo‘ya ber deganday qilib, boshini silkitdi. Oydin, Fonar tagida

7. 7. O‘ziga qaratmoq, moyil qilmoq, jalb etmoq. Diqqatni o‘ziga tortmoq. Quyosh, toza havo, keng, tiniq zangori osmon ko‘zlarni beixtiyor tortadi. Oybek, Tanlangan asarlar
To‘lqinjon shu kungacha Hurini sira qiziqtirmagan edi. Garchi To‘lqinjon chiroyli bo‘lsa ham, qizni o‘ziga tortmasdi. F. Musajonov, Huri
Olib kirilgan choy ham sovib qolar, allaqanday o‘lchovlar — uchburchaklar xayolini tortib ketardi. Mirmuhsin, Me’mor

8. 8. Biror ishga aralashtirmoq, qotishtirmoq, jalb etmoq. Ishga tortmoq. O‘qishga tortmoq. Shahidbek mulla Abdurahmonni so‘zga tortdi: — Nima lavozimatdalar, taqsirim? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Bunday qilaman, — labini qimirlatib, o‘z-o‘ziga shivirladi Yo‘lchi, — avval shunday odamlarni tortamanki, o‘zimga qanday ishonsam, ularning diliga shunday ishongan bo‘lay. Oybek, Tanlangan asarlar
Ular orasidan bizni qo‘llab-quvvatlayman, deganlarini xizmatga torting. K. Yashin, Hamza

9. 9. O‘zini, kimsa yoki narsani biror joyga, holatga olmoq. Bundan o‘zini tortmoq. Do‘stini chetga tortmoq. Matpanoning biqinida turgan qalandar unga boshdan-oyoq razm soldi, o‘zini sal chetga tortdi. S. Siyoyev, Avaz
Kichik ofitser ham, soldatlar ham ulardan o‘zlarini tortishdi. Mirmuhsin, Chodrali ayol
Bir kuni kechqurun, yotar mahalda ayamni chetga tortib shivirladim. S. Siyoyev, Yorug‘lik

10. 10. Ayrim so‘zlar bilan qo‘llanganda, urmoq ma’nosini bildiradi. Tig‘ tortmoq. Tarsaki tortmoq. [Dadam] Oldimga keldilar-u, shapaloq bilan tortib yubordilar. E. Raimov, Ajab qishloq
Otliq bor kuchi bilan dehqonning yuz-ko‘zi aralash qamchi tortib yubordi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

11. 11. Ulashmoq, tarqatmoq, qo‘ymoq (mehmonlarga ovqat). Mehmonlarga osh tortmoq. Patnis tortmoq. Norinni tortib bo‘lgandan keyin Anorgul hamma tovoq-qoshiqlarni toza qilib yuvib oldi. Oydin, Hazil emish
Taomning ustidan qizlar tortadi Beklarga opkelib qovurma go‘shtni. Alpomish

12. 12. Tarozida og‘irligini o‘lchamoq. Qovunni tortib ko‘rmoq. Tortib berganda, o‘zinglar qarab turganmidinglar? Nima endi kam deb, betinglarni yulasizlar? M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Bir oydan keyin qo‘yni tortib ko‘raman, qo‘y semirmasligi kerak (debdi xon). Chalpak yoqqan kun

13. 13. Chizmoq, chiziq shaklida iz solmoq; qazimoq. Chiziq tortmoq. Reja tortmoq. Jo‘yak tortmoq. Me’mor o‘z chodiri yonida yelkasiga peshmatini solib kitob o‘qir, tosh bostirib qo‘ygan yaxlit qog‘ozni olib, chiziqlar tortar, xayol surar edi. Mirmuhsin, Me’mor
Tog‘a va’dasida turib, kanaldan ariq tortib kelishga odam yubormasa, ishimiz chatoq bo‘ladi. S. Ahmad, Ufq

14. 14. Tegirmonda donni unga aylantirmoq. Un tortmoq. Tegirmonchi: — Ertaga keling, afandi, bug‘doyingizni tortib qo‘yaman, — debdi. M. Hazratqulov, Jur’at

15. 15. Kamaytirmoq, ozaytirmoq; cheklab qo‘ymoq. Puldan bir oz tortib qo‘ymoq. — Mol degani iymasa, tanasi yayramaydi, Tanasi yayramasa, sutini tortadi, — dedi Adol xola. A. Mirahmedov, O‘t yuraklar

16. 16. O‘ziga singdirmoq, shimmoq. Chuqur suvni tortib ketibdi. Guruch suvini tortibdi.

17. fiz. fiz. Zarralar, jismlar o‘rtasidagi joziba kuchi tufayli o‘z tomoniga surmoq. Magnit temirni tortadi.

18. 18. Biologik, jismoniy tuzilish yoki ma’naviy jihatdan tug‘ganlariga, tug‘ishganlariga o‘xshamoq. Qazisan, qartasan — axir aslingga tortasan. Maqol
Sen kimga tortding-a? Ota-onamiz qo‘ydan ham yuvosh odamlar edi-ku! Yo. Xaimov, M. Rahmonov, Hayot-mamot
— Buningiz shahzodalarga munosib, — dedi Oysha xola sekingina Sanam otinga o‘girilib. — Onasiga tortdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
Otangga tortib, xotin kishini xo‘rlasang agar, senga bergan oq sutim harom bo‘ladi, o‘g‘lim, bilib qo‘y shuni! S. Anorboyev, Mehr

19. 19. Boshdan kechirmoq, chekmoq; his qilmoq, sezmoq. Azob tortmoq. Tashvish tortmoq. Dard tortmoq. Xijolat tortmoq. [Valixo‘ja tutaqib:] Uchastkani sen qil-u, jabrini men tortaymi? N. Safarov, Hayot maktabi
Ro‘zg‘ordan shunday tanglik tortdikki, gapirsam, balki ishonmaysiz. Oybek, Tanlangan asarlar

20. 20. O‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan holat-vaziyatni egallamoq ma’nosini bildiradi. Ingichka tortmoq. Yo‘g‘on tortmoq. Baquvvat tortmoq. Qurbon ota ancha dadil tortdi. S. Nurov, Narvon
Momaqaldiroq guldurab, u hushyor tortdi. Yoshlik
Darhaqiqat, kuz havosi musaffo bo‘lib, sumbula suvi tiniq tortadi. Gazetadan

21. 21. Ko‘ngil, dil kabi so‘zlar bilan qo‘llanib, ixtiyor etmoq, xohlamoq ma’nosini bildiradi. Yo‘ldan o‘tayotib, ko‘nglim tortib, bir ko‘ray dedim sizni. S. Nurov, Narvon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. tort I Ot
yog‘, qand, tuxum, undan tayyorlanadigan konditer mahsuloti

2. tort II Fe’l
kuch bilan o‘ziga tomon siljitmoq, yaqinlashtirmoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. aziyat tortmoq: 1.azoblanmoq 2. zararli ta’sir, zarar-zahmat

2. azob chekdi, azob tortdi: juda qiynaldi

3. dil tortar: yoqimli

4. dili tortdi: yoqtirdi

5. istihola tortmoq: shunday hisni tuymoq.

6. izza tortdi: izza bo‘di, uyaldi

7. ko‘ngli g‘ash tortdi: bir oz tashvish qildi

8. ko‘ngli tortdi: yoqtirdi

9. osmonga uchsa, oyog‘idan, yerga kirsa, qulog‘idan tortadi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

10. oyog‘i tortmadi: borgisi kelmadi

11. oyog‘idan tortmoq: biror noxush ish, holatga jalb etmoq, duchor qilmoq.

12. qushdek yengil tortdi: ruhiy azoblanishi tarqadi

13. tap tortmaydi: qo‘rqmay botindi, hayiqmaydi

14. tashvish tortdi: 1)tashvish qildi 2)xavotir bo‘ldi

15. taxtaga tortmoq: Siquv holatiga olmoq, iskanjaga olmoq

16. tiyrak tortmoq: Tetiklanmoq, jonlanmoq, kuch-quvvat olmoq

17. tuprog‘i tortmoq: Tug‘ilib o‘sgan (o‘z) joyi undamoq, jalb qilmoq

18. yengil tortmoq: ruhiy azoblanishi tarqadi

19. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

20. yuragi orqasiga tortib ketmoq: bir lahza ich-ichidan qo‘rqish aralash qattiq hayajonlandi

1. Ehson – tortiq – sovg‘a – mukofot
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

2. Sovg‘a – hadya – tortiq – tuhfa – armug‘on – in’om
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

3. Tortishuv – janjal – g‘alayon – qo‘zg‘olon – urush
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.