Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tomosha}
So‘z bo‘g‘inlari: to-mo-sha
Izoh(lar)i:
tomosha [to-mo-sha ]

1. Ommaviy ravishda namoyish etish uchun tayyorlangan sahna asari, ko‘rsatuv. Tabiiy, u ko‘ndi, shu yo‘sin ertaga o‘ynaladirgan tomoshaga Sultonalining xotini ham o‘rgatildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. Umuman, kishi e’tiborini tortadigan, e’tibor bilan qaraydigan, kuzatadigan, undan zavq-shavq oladigan, ta’sirlanadigan narsa. Obbo‘, pol yuvishni ko‘rish ham tomosha bo‘ptimi? O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. Kishi e’tiborini tortadigan mashmasha, janjalli holat; hangoma. Bularning qitig‘iga tegma. Agar gazetaga tortsa, g‘ir etib tergovchi keladi. Ana unda ko‘r tomoshani. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.