Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tomoq}
So‘z bo‘g‘inlari: to-moq
Izoh(lar)i:
tomoq [to-moq ]

1. Bo‘yinning engak osti (tumshuq osti) qismi. Kanizak ko‘k ro‘molini tomog‘ining tagidan bog‘lab olgan yerga qarab jadallab kelar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Qizilo‘ngach bilan kekirdak boshlanadigan yer; bo‘g‘iz. Qizda uyqu yo‘q. Uning badani qizg‘in, tomog‘i qaqragan, yuragi shiddatli uradi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Taom, ovqat, ovqatlanish. Tamli tomoq. Tomoq yemoq. Tomoq qilmoq. Qarini tomoq asraydi. Maqol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ovqat [a]

1. tomoq I Ot
Qizilo‘ngach bilan kekirdak boshlanadigan yer, bo‘g‘iz

2. tomoq II Ot
Ovqat, taom

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. teshik tomoq: har qanday ovqat talab kishi; xo‘randa

2. tomoqni ho‘llamoq: Ichimlikdan (asosan, spirtli ichimlikdan) bir oz olmoq, ichmoq

1. Tekinxo‘r – tekintomoq – baloxo‘r – harom – haromtovoq – parazit
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.