1. 1. Tommoq fe’lining orttirma nisbati.
Ko‘zga dori tomizmoq.
▬
Ota dekchasini osdi va chayladan shishadagi juvoz moyini keltirib, unga tomizdi.
H. G‘ulom, Mash’al
[Qilichev] Ichki cho‘ntaklariga turli-tuman tabletkalar, hidlaydigan, yutadigan, tomizadigan dorilar solib yuradi.
Mirmuhsin, Zanglagan qilich
2. 2. (faqat bo‘lishsiz shaklda) Bir qatra ham anoyi qilmaslik, bekor ketkazmaslik, yordam ko‘rsatmaslik.
U onasiga bir chakki tomizmaydi.
▬
Boy pishiq odam, bir tiyinni chakki tomizmaydi.
Oybek, Ulug‘ yo‘l