Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tol}
So‘z bo‘g‘inlari: tol
Izoh(lar)i:
tol fl

1. ayn. yn. Toliqmoq 1. Belim tolib ketdi. Qo‘lim tolib, chamadonni tashlab yuborayozdim. Kitob o‘qiyverib, ko‘zim tolib ketdi. Razzoqning ishi yana ko‘paydi. Umurzoq ota esa uning yo‘lini poylayverib toldi. H. G‘ulom, Mash’al
Bektemir go‘dakni yerga qo‘yib, tolgan bilagini uqaladi. Oybek, Quyosh qoraymas
Ularga qaray-qaray, Bashirjonning bo‘yni tolib ketdi. N. Aminov, Suvarak

2. 2. Ayrim so‘zlar bilan birikib, shu so‘zdan anglashilgan narsaga berilmoq, u bilan band bo‘lmoq ma’nosini bildiradi. Xayolga tolmoq. O‘yga tolmoq. Sultonali mirzo Gulshanning o‘rdaga ketganligini eshitib, sillasi quridi, bir necha vaqt fikrga tolib qoldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. tol I Ot
daraxt turi

2. tol II Fe’l
toliqish

3. tol III Fe’l
cho‘mmoq (xayolga tolmoq)

Paronimi: to‘l Qo‘ylarning tug‘ish mavsumi, qo‘zilash, qo‘zilatish. To‘l vaqti. To‘l tushmoq.

Dialektologiya – umumxalq tilini tashkil etgan sheva va lahjaning fonetik, leksik va grammatik xususiyati, tarqalish doirasini o‘rganadi. Milliy tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishida shevalarning tutgan o‘rni, milliy tilga asos bo‘lgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan munosabati tekshiriladi. Dialektologiya shevalarning tarqalish chegaralariga ko‘ra tasviriy dialektologiya va tarixiy dialektologiyaga bo‘linadi. Tasviriy dialektologiya mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlarini qayd qilish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixini o‘rganadi. Dialektologiya tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoepik me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Dialektologiya tilshunoslik, etnografiya, folklor va boshqalar bilan aloqada rivojlanadi. G‘ozi Olim Yunusov, A.K.Borovkov, Sh.Shoabdurahmonov va boshqalar o‘zbek dialektologiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan.

1. fikrga toldi: uzoq fikrladi

2. o‘yga toldi: uzoq fikrladi

3. og‘ziga tolqon soldi: mutlaqo gapirmadi

4. xayolga toldi: uzoq o‘ylandi

1. Baxtli – baxtiyor – saodatli – toleli – mas’ud
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishidagi oz-ko‘plik darajasiga ko‘ra)

2. O‘jar – qaysar – tixir – battol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining kengn-torligiga ko‘ra)

3. O‘qimoq – mutolaa qilmoq – yod olmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.