1. 1. Uzum o‘simligi. Uch tup tok. Tok ochmoq. Tokni ko‘mmoq. Bir tup tok eksang, bir tup tol ek. Maqol Hovlining yonida chorbog‘, chorbog‘da rasta-rasta qilib, havozaga ko‘tarilgan toklar. S. Ayniy, Qullar Uzum tok bargidan ham ko‘p. Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Tok oshi Kovatok solingan osh. Tok oshi qilgudek bo‘lib qolgan barglar yonida g‘uj-g‘uj uzum sho‘ralari paydo bo‘la boshlabdi. Gazetadan Mana, bir necha yildan beri bahor kelganda tok oshi qilamiz. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
3. Elektr zaryadlarining ma’lum tomonga yo‘nalgan oqimi; elektr. O‘zgaruvchan tok. O‘zgarmas tok. Kuchli tok. Kuchsiz tok. Elektr toki. Knopkani bosib, tokni ulamoq. ▬ Shunday qilib, o‘tkazgichdan tok o‘tganda ajralib chiqadigan issiqlikning miqdori tok kattaligining kvadratiga to‘g‘ri mutanosib ekan. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
1. tok I Ot uzum o‘simligi
2. tok II Ot elektr zaryadlarining harakati, elektr quvvati
1. Sham – chiroq – elektr – toki – quyosh Ma’nosiga ko‘ra (yorug‘lik miqdorinng oz-ko‘pligiga ko‘ra)