1. bog‘dan kelsa, tog‘dan keladi: suhbatdoshining gapiga hech aloqasi yo‘q gap-so‘z aytdi
2. ishongan bog‘i, suyangan tog‘i: 1)suyanchig‘i, g‘amxo‘ri 2)orqa qiladigani, e’tiqod-ishonch bilan qaraydigani
3. ko‘kragi tog‘day ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi
4. ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi
5. ko‘nglini tog‘day ko‘tardi: xursand qilib benihoya ruhlantirdi
6. suyangan tog‘i: 1)suyanchig‘i, g‘amxo‘ri 2)orqa qiladigani, e’tiqod-ishonch bilan qaraydigani
7. tog‘dan kelsa, bog‘dan keldi: suhbatdoshining gapiga hech aloqasi yo‘q gap-so‘z aytdi
8. tog‘ni talqon qiladigan: zabardast, pahlavon
9. tog‘ni talqon qildi: har qanday katta va og‘ir ishni ham bajardi
10. tog‘ni ursa– talqon qiladigan: zabardast, pahlavon
11. urmush o‘rtog‘i: Er-xotinlik holatidagi shaxsning har biri (er va xotin bir-biri-ga nisbatan)