Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘z} - i ( Egalik qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi;Zamon qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: to‘-zi-moq
Izoh(lar)i:
to‘z fl

1. 1. To‘zondek har yon sochilmoq, uchmoq, to‘zg‘imoq. Par to‘zib ketdi. Jimjimador yaproqlaring Sarg‘ayib band uzmoqda. Bevatanday shamol bilan Yerda izg‘ib to‘zmoqda. T. To‘la

2. ko‘chma hma Har yonga tarqalmoq, tarqalib, sochilib ketmoq, parokanda bo‘lmoq. Qo‘ylar bo‘ri tegganday to‘zdi. She’r anjumani to‘zdi, uyat so‘z aralashdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy

3. ko‘chma hma Tarqamoq; tarqab, bo‘linib yo‘q bo‘lmoq. Umr o‘zadi, husn to‘zadi. Maqol
Gavhar xayollari to‘zib, Tal’atga o‘girilib qaradi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Nahot shunday oson bo‘lsa bu dunyoning to‘zmog‘i. T. To‘la

4. 4. Betartib yoyilmoq, to‘zg‘imoq, paxmaymoq. Silliq qilib taralgan, ko‘p diqqat va mehnat sarf qilinib o‘rilgan sochlar to‘zgan, sochilgan. A. Qahhor, Sarob

5. 5. Eskirib, titilib ishdan chiqmoq. Kengash qilgan el ozmas, Keng bichilgan to‘n to‘z-masalan Maqol
Menga ovqat beradi, kiyimim juda to‘zsa, kiyim qilib beradi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. ko‘chma kam qo‘ll. ll. O‘zini oldirmoq, xazon bo‘lmoq, so‘lmoq. Xo‘jayin aytgancha, uzilmagan gul bo‘lmasa ham, ruhi, qalbi bu chirkin bo‘g‘iq muhitda so‘nmagan, to‘zmagan ko‘rinadi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.