Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘y}
So‘z bo‘g‘inlari: to‘y
Izoh(lar)i:
to‘y fl

1. 1. Yeyish, ichishga bo‘lgan talabi qonmoq, qonib yemoq, ichmoq, ovqatga, suvga qonmoq. Yeb to‘ymagan, yalab to‘ymas Maqol
Qo‘l bilan berganga qush to‘ymas. Maqol
Suq to‘ymas, o‘g‘ri boyimas. Maqol
Anvar Nigor oyimga rahmat aytib, to‘yganini so‘zladi va qo‘l artar ekan, chaqaloqqa gap qotdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Kambag‘al xalq o‘lib-tirilib mehnat qiladi-ku, qorni to‘ymaydi, egni butun bo‘lmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Suv, ozuqaga to‘yinmoq (yer va o‘simliklar haqida). G‘o‘zalar suvga to‘ydi. Yer to‘ymaguncha, el to‘ymas. Maqol
Qor suviga to‘ygan yer xamirdek yumshoq edi. S. Ahmad, Ufq
Xalqning yer to‘ysa, el to‘yadi, degan naqlida hikmat ko‘p. Gazetadan

3. ko‘chma hma Rohatlanib miriqmoq. Uyquga to‘ymoq. Diydoriga to‘ymoq. To‘yib suhbatlashmoq. Yiqilgan kurashga to‘ymas. Maqol
U [Elmurod] har gal bu yo‘ldan yurganda, uzoq-uzoqlarga tikilib, sira to‘ymasdi. P. Tursun, O‘qituvchi
To‘pa xola o‘zini muncha tetik tutgisi, horigan ko‘zlarini ochgisi, tabiatga to‘yib boqqisi keladi, ammo darmoni yo‘q. I. Rahim, Ixlos
Keng hovlining husniga xol bo‘lib turgan atirgullar yaqin kunlarda ochilib, to‘yib bo‘lmaydigan jamolini namoyon qiladi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
To‘yib-to‘yib sho‘xlik, beboshlik, jinnilik qilsang, vodiyni boshingga ko‘tarib qahqaha ursang. F. Musajonov, Himmat

4. ko‘chma hma Chidab, toqat qilib charchamoq, toqati toq, bezorijon bo‘lmoq. Aql, insof bilan ish qila-qila, endi juda to‘ydik. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Men ham to‘ydim bu xo‘rlik, bu haqoratdan! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Qishloq xalqi Sarijo‘ja suvining toshqinidan juda to‘ygan ekan. O‘zbekiston qo‘riqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. to‘y I Fe’l
qoniqib ovqat yemoq, ovqat yeyish istagini (hissini) qondirmoq

2. to‘y II Ot
nikohlash, sunnat qilish, beshik qilish kabi marosimlarga bag‘ishlab to‘kin ziyofat bilan, o‘yin-kulgi bilan o‘tkaziladigan yig‘in; kuyov tomon kelinnikiga yuboradigan sarpo, shirinlik va oziq-ovqatlar

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. jonidan to‘ydi: 1)yashashni istamadi 2)ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi bo‘ldi

2. to‘ydan ilgari nog‘ora qoqdi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirib yubordi

3. to‘ydirganning qorniga tepmoq: Yaxshilik, himmat qilgan, qo‘llab-quvvatlaganga yomonlik bilan javob bermoq ma’nosidagi ibora

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.