Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘xta}
So‘z bo‘g‘inlari: to‘x-ta
Izoh(lar)i:
to‘xta fl

1. 1. Davom etmay qo‘ymoq, davomdan qolmoq. Ish to‘xtadi. Gap to‘xtadi. Otishma to‘xtadi. Shamol to‘xtadi. Yomg‘ir to‘xtadi. Suv to‘xtadi. Oyoq tovushi to‘xtab, narigi yoqdan usta Olimning tovushi keldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Vujudini qaqshatib turgan tish og‘rig‘i birdan to‘xtaganday, Sidiqjonning ko‘zi yalt etib ochilib ketdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
To‘xtab qolgan, qovjiragan buloqlar Sharaq-sharaq yana qaynab chiqmishdir. G‘ayratiy

2. 2. O‘z ishini, harakatini, faoliyatini bas qilmoq, yurmay, ishlamay qo‘ymoq. Soat to‘xtadi. Ventilyator to‘xtab qoldi. [Otabek] Ikki yildan beri to‘xtab qolgan savdogarchilik ishini qaytadan boshlamoqchi edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yo‘lchi sanqib yurib, anhor yoqasida to‘xtadi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Ish-faoliyat, harakatda uzilish qilmoq, to‘xtam hosil bo‘lmoq. Elmurod otin-oyining do‘qi bilan yig‘idan to‘xtadi. P. Tursun, O‘qituvchi
Sharofatxon, bir zum to‘xtab, atrofga qaradi, so‘ng tovushini pasaytirib davom etdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Orada yotsirashga o‘xshash bir hol, nima uchundir bir so‘zlab, ikki to‘xtar edilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. 4. Safarda, yo‘lda biror yerga qo‘nmoq, tushmoq; qo‘ngan, tushgan, borgan yerida ma’lum vaqt bo‘lmoq, turmoq. Batalon yarim kechada xaroba bir qishloqqa kelib to‘xtadi. Oybek, Quyosh qoraymas
U [Otabek] Marg‘ilonda ko‘p to‘xtamas, bir kun, uzoqqa tor-tilsa, ikki-uch kun turib qaytar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. 5. Turib qolmoq, saqlanmoq. Uning qo‘lida pul hech to‘xtamaydi. Kerakli mol magazinda to‘xtab qolmaydi. Suv qattiq yerda to‘xtar. Maqol

6. 6. Qaror qilmoq, qarorga, to‘xtamga kelmoq. Shunday qilib nimaga to‘xtadinglar? Biz shu yerdagi og‘aynilar bilan kengashib, bir gapga to‘xtab qo‘ydik. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

7. ko‘chma hma Og‘izga, tilga olib o‘tmoq, to‘xtalmoq. Men bir masala ustida mufassal to‘xtamoqchiman. Lekin, o‘rtoqlar, men ham qisqacha to‘xtab o‘tmasam, tars yorilib ketaman. A. Qahhor, To‘y
Ro‘znomadagi asosiy dokladlar ustida so‘zlagan notiqlar ko‘proq ijodiy masalalar ustida to‘xtadilar. N. Safarov, Olovli izlar

8. maxs. xs. Homilador bo‘lmoq, qochmoq (chorva mollari haqida).

9. 9. Sabr qilmoq, kutmoq. Mayli, yana bir-ikki kun to‘xtab turing! — To‘xtang bo‘lmasa, — dedi, — men bir ish qilayki ammo shu daqiqadan boshlab ixtiyoringizni menga topshiring! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Tovush – bo‘g‘in – so‘z – to‘xtam – jumla
Ma’nosiga ko‘ra
(nutq birliklari tarkibining sodda-murakkabligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.