1. Jun, paxta singari yumshoq narsa solib tikib tayyorlangan, yotish, o‘tirish uchun to‘shaladigan buyum, anjom.
To‘y uchun yangi ko‘rpalar qoplamoqchi bo‘ladilar, par to‘shaklar olmoqchi bo‘ladilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. Yotish uchun solingan o‘rin; ost va ustga tashlanadigan (solinadigan) narsa.
Chala yechinib, yupqa to‘shakka kirdim.
S. Siyoyev, Yorug‘lik