Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘r}
So‘z bo‘g‘inlari: to‘r
Izoh(lar)i:
to‘r ot

1. 1. Umuman, har qanday materialdan katak-katak ko‘zli yoki bejamdor qilib to‘qilgan narsa; asbob, buyum va shu kabilarning shunday narsadan iborat qismi. Sim to‘r. Futbol darvozasining to‘ri. Kaptarxonani kaptarlardan xoli va [kaptarxona] og‘zidagi novdadan to‘qilgan to‘rlarni buzilgan ko‘rib hayron bo‘ladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Asalarilarni parvarish qilishda, asal olishda boshga himoya to‘ri kiyiladi. Zoologiya
Etakdagi sim to‘r ortida tovuqlar qaqag‘laydi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Hamxonam karavot to‘rini g‘ijirlatib, o‘rniga yotdi. O‘. Usmonov, Sirli sohil

2. 2. Tabiiy yoki sun’iy toladan katak-katak ko‘zli yoxud bejamdor qilib to‘qilgan gazmol; tyul. Nafis tur. Ip tur. Pardabop tur. Tur parda. — Nima haqda yozish ham juda muhim masala, — davom etdi u. — Lekin mana shu tyul, — deb u derazalarga tutilgan nafis gulli oppoq to‘rni ko‘rsatdi. P. Qodirov, Uch ildiz

3. 3. Shunday to‘qilmadan iborat buyum. Ertalab, odat bo‘yicha, Nuri to‘r ro‘mol yopinib, beshikdagi boladan to keksalarga qadar — hammaga salom qilar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
Qora to‘r qo‘lqop kiyib, yuziga sachvonga o‘xshash to‘r tutgan shlyapali xotin uni ko‘rishi bilan aftini burushtirdi. S. Ahmad, Hukm
Zuhra begimning yuzi oq ipak to‘r ortidan aniq ko‘rinmas edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

4. 4. Shunday kataklar shaklida to‘qilgan (ishlangan), baliq yoki qush ovlash uchun ishlatiladigan buyum, asbob. Bedana tutadigan to‘r. To‘r bilan baliq ovlamoq. Pirnafas aka qayiq, to‘r sanchqi sotib oldi. J. Sharipov, Xorazm
Ovchi sekin-asta to‘rning ipini tortibdi, hamma kaptar to‘rga ilinibdi. Ertaklar
Daryoga qarmoq tashlagan kishi ilinganini oladi-da, qaysi bir baliqchi to‘riga tushgan laqqani tashlabdi. I. Rahim, Chin muhabbat

5. ko‘chma hma Qo‘lga tushirish, ilintirish vositasi; dom, tuzoq. Ko‘y, bolam, Oqtoshga zinhor bormagin, Yosh bachchasan, to‘rga tushib qolmagin. Nurali
Boyvachcha yana oshiq. Shahzoda uning yana kimga to‘r tashlayotganini sezib qolgan. K. Yashin, Hamza

6. 6. Umuman, shunday to‘qilmaga o‘xshash, uni eslatuvchi narsa. To‘ri taram-taram, yoqimli hidi gurkurayotgan qovunlar Saodat
Hozir Do‘stbek bilan Ahmad Tanbal bizni o‘rgimchak to‘riday chirmab kelurlar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Qurilishning ikki tomonini ko‘zdan kechirib, uning bitgach, qanday bino bo‘lishini tasavvur qiladi: sinflar, zal, zalning to‘rida o‘qituvchilar xonasi. P. Tursun, O‘qituvchi
Noibning mulozimi hovli to‘riga qochdi. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: poygak
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. to‘r I Ot
poygakdagi joyning aksi

2. to‘r II Ot
tolaning katak-katak qilib to‘qilishidan hosil bo‘lgan mato; ov asbobi

Paronimi: tur Belgilari, xossalari, vazifasi jihatdan umumiy bo‘lgan bir guruh yoki butunlik tashkil qilgan narsalar, hodisalarning xili, navi, ko‘rinishi; o‘simlik va hayvonlar tizimida biror turkumga mansub, alohida sifatga ega bo‘lgan shakl, tasnif birligi. Sport turlari. Gazlama turlari.
Qomus: mavjud emas.

1. ikki ko‘zi to‘rt bo‘ldi: intizor bo‘ldi

2. ko‘zi to‘rt bo‘ldi: intizor bo‘ldi

3. ko‘zini to‘rt qildi: intizor

4. to‘rt ellik: qisqagina

5. to‘rt gapning birida: gap davomida dam-badam, qayta-qayta gapirdi

6. to‘rt ko‘z bilan: intizorlik bilan

7. to‘rt og‘iz: oz-moz, bir oz

8. to‘rt tarafi qibla: qayoqqa xohlasa, ketaversin

9. to‘rva qoqdi: Oxirgi farzand, kenjatoy

10. uch -to‘rt og‘iz: oz-moz, bir oz

1. Bir – ikki – uch – to‘rt – besh – olti – yetti
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdorning oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.