Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘qson}
So‘z bo‘g‘inlari: to‘q-son
Izoh(lar)i:
to‘qson sn

1. 1. 90 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor. To‘qsondan o‘nni ayirmoq. To‘qson so‘m pul. To‘qson pud bug‘doy. To‘qqiz so‘m olaman deb, to‘qson gap eshitdim. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Qish faslining 1 dekabrdan 1 martgacha bo‘lgan davridagi 90 kuni. To‘qson kirdi. Mevani to‘qsonda sug‘orsang, to‘qson botmon hosil qiladi. Kecha to‘qson chiqdi; navro‘zi olam. Ko‘chat — kelinlarning to‘yi bosh-landi. G‘. G‘ulom
— Bog‘ingga unnamadingmi? — Hali vaqt bor, toklarni ochsam, sovuq olib qo‘yadimi, deb qo‘rqyapman. To‘qsonning izg‘irini o‘tsin, deb turibman. H. Shams, Dushman

3. 3. To‘qson (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.