Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘lov}
So‘z bo‘g‘inlari: to‘-lov
Izoh(lar)i:
to‘lov ot

1. 1. To‘lamoq fe’lidan harakat nomi. Ot ishlatganingda, nos puli, choy puli so‘rab olganingda, qo‘ling ko‘ksingda edi, endi to‘loviga kelganda jirillaysan. I. Shamsharov, Toshqin

2. 2. Biror majburiyat yuzasidan yoki qaror, qonun va shu kabilarga muvofiq to‘lanadigan pul, mablag‘ yoki narsa. Birinchi to‘lov. Ikkinchi to‘lov. To‘lov qog‘ozi. Bir ro‘zg‘orga qirq xil to‘lov o‘lasanmi, qolasanmi — ishi yo‘q. Sh. Toshmatov, Erk qushi

3. 3. Tovon, kompensatsiya. To‘loviga qolmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.