Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘l} - ish ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Sifatga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - gan ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Zamon qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: to‘-lish-gan
Izoh(lar)i:
to‘l fl

1. 1. Bo‘sh joyi qolmay egallanmoq, band bo‘lmoq. Hovuz to‘ldi. Zal to‘ldi. Ko‘cha odamga to‘ldi. Qop to‘ldi. Daftarning ikki beti to‘ldi. Ko‘zi yoshga to‘ldi.

2. 2. Ko‘p yoki yetarli miqdorda biror narsaga ega bo‘lmoq, egallab olmoq, qamrab olmoq; qoplanmoq, burkanmoq. Gullar hidiga to‘lgan iliq, mast qiluvchi havo. Oybek, Tanlangan asarlar
Jajjigina xona billur qandildan yog‘ilayotgan nurga to‘lgan O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
G‘ulomjonning yuragi achishdi. Uning yuragida shu alamlar zahri to‘lib yotardi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Bir zumda eshik bolalar chug‘uriga to‘ldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Lolaga to‘ldi dala, Chakkangga taq, chakkangga. Sarasi targ‘il lola, Chakkangga taq, chakkangga. T. To‘la
Eng ulug‘ bayram bugun, Keling, o‘rtoqlar. Nurlarga to‘ldi bugun Uylar, o‘tloqlar. I. Muslim

3. ko‘chma hma His-tuyg‘u, ichki kechinma va shu kabilar bilan oshib-toshmoq. Onaning yuragi umid va quvonchga to‘ldi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Uning [La’lining] biyron-biyron so‘zlarini eshitgan Mirhosil mahliyo bo‘lib qoldi, ko‘kragi zavq-shavqqa to‘ldi. H. G‘ulom, Mash’al
Gapingning yolg‘oni bilinib qoldi, Shu sababdan Yodgor g‘azabga to‘ldi. Yodgor

4. ko‘chma hma Ayn. to‘liqmoq. O‘jar erdan to‘lib yurgan kampir bir og‘iz gap bilan yarasiga tuz sepgandek bo‘ldi. S. Abdulla, Soyalar
Haydar ota undan [kampirdan] Yodgorboyni so‘rab: — Xat kelib turibdimi? — degan edi, kampir o‘zi to‘lib turgan ekan, ko‘z yoshi qildi. A. Qahhor, Asror bobo

5. 5. Son-miqdor, vaqtning ma’lum bir darajasini egallamoq. Men, o‘n oltiga rosa to‘lmagan qiz, birdan yot va katta oilaga tushib qoldim. Oybek, Tanlangan asarlar
O‘n besh kunga to‘lganida oy, Ko‘kka chiqib, tunni axtardi, Orqasidan baland osmonda Olam-olam yulduzlar bordi. H. Olimjon
Hurmatli ustozning poyqadami yetganiga bugun rosa uch yil to‘ldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Paxta ekdik, bo‘lsin deb, Shartnomamiz to‘lsin deb, Yuz sentnerga qo‘l qo‘ydik Dushman kuyib o‘lsin deb. Qo‘shiqlar

6. 6. Mukammallashmoq, raso, but bo‘lmoq; o‘rni qoplanmoq. Guruh to‘ldi. Shtat to‘ldi. Chalasi to‘ldi. Zararning o‘rni to‘ldi.

7. 7. Et qo‘ymoq; semirmoq, to‘lishmoq. Zaynab Kumushning to‘lib yetmagan gavdasiga va g‘ubor tegmagan husniga hayron bo‘lib, mulohazasini aytishdan qo‘rqdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Saltanatxon kurortdan qaytib keldilarmi? Oyday to‘lib, kunday kulib kelgandirlar bo‘lmasam? S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tol – [fr] Kartonga toshko‘mir qatroni shimdirib, ba’zan ustiga bir oz qum sepib tayyorlangan, nam o‘tkazmaydigan qurilish ashyosi.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.