To‘liqsiz fe’l – o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, asosan, kesim vazifasidagi so‘zning zamonini ifodalashga moslashgan edi, ekan, emish, emasfe’llari: U o‘qituvchi edi/ekan/emish/emas kabi.
Uslubiy belgilari.
- Lug‘aviy ma’noga ega emas.
- Fe’lning barcha lug‘aviy shakllari bilan birika olmaydi.
- Nafaqat fe’l, balki barcha kesim vazifasida kelgan mustaqil so‘zlarga qo‘shilib, o‘tgan zamonni ifodalaydi: Uning ovozi yoqimli edi. Otam eski maktab muallimi edi. Uning bolalari to‘rtta edi.
- Gapda bog‘lama vazifasida keladi.
Birinchi unli noturg‘un, asosga -di, -mish, -kan tarzida qo‘shilishi mumkin: Yomg‘ir to‘xtamay quyardi. U ertaga kelarmish. O‘zi aytib qo‘yarkan.