1. 1. Suyuq yoki sochiluvchan narsalarni idishdan tushirmoq, sochilishiga yo‘l qo‘ymoq.
Sho‘rvani to‘kmasdan olib kel. Oshni to‘kmasdan ye! Shakarning yarmini yo‘lda to‘kib kelibsan.
2. 2. Duv tushirmoq, tashlamoq.
G‘o‘zalarning bargini to‘kmoq.
▬
Keksa o‘rik daraxtlari paxsa devorlarni qo‘ltiqlab olganday, gullarini ko‘chaga to‘kib yotardi.
A. Muxtor, Opa-singillar
Men chiqdim-u, bodom shoxidan To‘da qushlar gurr etib ketdi. Tagdo‘zi do‘ppili bodomning Gullarini duv to‘kib ketdi.
T. To‘la
3. 3. Ag‘darib bo‘shatmoq, ag‘darmoq.
Bola sutni to‘kib yubordi. Grafindagi suvni to‘kib tashladim.
▬
O‘zbek oyim burchakda bola ko‘tarib o‘tirgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni to‘kib kelishga buyurdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
[Ayol] Paxtasini keltirib, xirmondagi eng katta to‘pga to‘ka boshladi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
4. ko‘chma hma Oqizmoq, oqizishga majbur etmoq (ko‘z yoshi, qon, ter haqida).
Ko‘z yoshi to‘kmoq. Ter to‘kmasa — er emas, Qo‘l tegmasa — yer emas.
Maqol
Xon qurolsiz xalqning qonini to‘kib, zo‘rlik bilan isyonni bostirdi.
J. Sharipov, Xorazm
5. ko‘chma hma Yog‘dirmoq, sochmoq (yog‘du, nur va shu kabilar haqida).
To‘lin oy sutdek yog‘dusini maktab sahni va tom tunukalariga ayovsiz to‘kar, bulbul esa hamon tinmay sayrar edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Rahmat, singlim, shu so‘z, shu bo‘sa, Shu guldasta baridan afzal. Mehr mayingdan tutding lim kosa, Go‘yo to‘kding boshim uzra zar.
Yo, Mirzo
6. ko‘chma hma Dildagi bor narsani, bor-yo‘g‘ini aytmoq, dildagini aytib, yurakni bo‘shatmoq.
[Xayrinisa] Bir zum jag‘i tinmas, ichida yig‘ilganlarni birovga to‘kmasa tinchimas edi.
Oybek, Ulug‘ yo‘l
[Qurbon:] Biz yurakdagi dardimizni bir to‘kay deb kelsag-u, bergan javobing bu bo‘lsa! Rahmat senga!
O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim
O‘zbek oyim o‘g‘lining o‘lganning ustiga chiqib tepish qabilidan bo‘lgan bu harakatidan tutuni ko‘kka chiqib, borliq qahr-g‘azabini eri ustiga to‘kadi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Nizomjon chidamadi. Yuragida to‘lib-toshgan gaplarni uzil-kesil to‘kib solmoqchi bo‘lib, qizni izlab, yana dalaga qarab ketdi.
S. Ahmad, Ufq