1. Suvni to‘sish, bo‘g‘ish, suv oqimini boshqarish uchun xizmat qiladigan, odatda, kattaroq oqimga ega bo‘lgan ariq, daryo va soylarga quriladigan gidrotexnik qurilma, inshoot.
Dneprday azim daryo oldida bu nima degan gap, qahraton qishda, o‘q yomg‘iri ostida suv kechganlar nahotki shu kichik soyga to‘g‘on sololmasa?
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. To‘g‘on (erkaklar ismi).