Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tizim}
So‘z bo‘g‘inlari: ti-zim
Izoh(lar)i:
tizim [ti-zim ]

1. Ip, sim va shu kabilarga terilgan narsa; shoda. Biz ishni cho‘zmaslik uchun har quvurni alohida emas, ikki-uchtasini bir tizim qilib burab olar edik. P. Qodirov, Erk

2. Bir soha, muassasa va shu kabilarga oid yo‘nalish, ish-faoliyat kabilar majmui. Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy munosabatlarida muhim o‘rin egallagan tashqi savdo tizimidagi tub o‘zgarishlar sust amalga oshirilmoqda. Fan va turmush

3. O‘zaro bog‘liq va uzviy tartibda bo‘lgan narsa, hodisalar birligi, majmui. Barcha bo‘g‘indagi davlat idoralari faoliyatining huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladigan qonunlar tizimini barpo etish lozim. Gazetadan

4. O‘zaro bog‘liq qismlardan tashkil toptan tuzilma, ijtimoiy, siyosiy va boshqalar jihatdan tuzilish shakli. Ular, bizga ma’lum sabablarga ko‘ra, Markaz deb ataluvchi eski tizimdan nihoyatda bezillab qolishgan. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tuzum Jamiyat va davlat tuzilishi tizimi.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.