Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tit} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tit-moq
Izoh(lar)i:
tit fl

1. 1. To‘da, to‘p holidagi narsani u yoq-bu yoqqa sochmoq, ag‘darmoq, to‘zitmoq. Bundan ko‘ra go‘ng titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq! Oybek, Tanlangan asarlar
taxta ko‘mirlarini, chinni parchalarini etik uchi bilan titdi. H. G‘ulom, Mash’al
U jangchilarning texnika va taktika haqidagi mulohazalariga ahamiyat bermagandek, cho‘g‘ni titib o‘tirdi. Oybek, Quyosh qoraymas

2. 2. Kovlashtirib, ag‘dar-to‘ntar qilib qaramoq, titkilamoq. Sandiqni titmoq. Uyni titmoq. Qizil krest alomatli brezent sumkani titib, dori oldi-da, Murzinga tutdi. Shuhrat, Shinelli yillar
Qog‘ozlarini qancha titsam ham, la’nati daftar sira-sira topilmadi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Kechqurun o‘zida bor jurnallarni titib, Ulfatning she’rlarini topdi. A. Qahhor, Sarob

3. 3. Yulib, savab, qoqib yoki boshqa yo‘llar bilan yumshatmoq va chang, xas-xashakdan tozalamoq. Paxta titmoq. Jun titmoq. G‘oziboy aka bilan Ro‘ziboy akalar panshaxa bilan xirmonda tinmay paxtani titib turishsin. Mirmuhsin, Mixlar va po‘kaklar

4. s. t. t. Pora-pora qilmoq, dabdala qilmoq, majag‘ini chiqarmoq. Hozir ko‘ziga ko‘rinsang, titib tashlaydi. A. Qahhor, Sarob
Tutun jigarimni ham titib yubordi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: titkilamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.