Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tirsak}
So‘z bo‘g‘inlari: tir-sak
Izoh(lar)i:
tirsak ot

1. 1. Qo‘lning bilak suyagi bilan yelka suyagi qo‘shiladigan, bukilib bur-chak hosil qiladigan joyi, bo‘g‘imi. Nazokat tirsagini stolga qo‘ydi-da, chiroyli panjalari bilan yuzlarini silab, noz va erkalik bilan so‘z boshladi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
— Hammasini qanchaga bera-san? — deb Karim tirsagi bilan Oyto‘tini sekingina turtib qo‘ydi. Oydin, Fonar tagida
Bondar chiqayotib, Anna Ivanovnaning tirsagidan odob bilan tutdi. Shuhrat, Shinelli yillar

2. 2. Yengning qo‘lning shu yeriga to‘g‘ri keladigan joyi, qismi. Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib, tirsakkacha yirtildi. A. Qahhor, Anor

3. 3. Narsalarning burchak hosil qilib bukilgan joyi yoki qismi. Trubaning tirsagi. Valning tirsagi. E’tiborsizlik, shoshqaloqlik qilinadi-yu, chiziqdan chiqishadi: lova muyulishida past-balandlik, bir metr keladigan qiytiq tirsak paydo bo‘lib qoldi. Y. Shamsharov, Qahramonning yo‘li

4. tar. ar. Uzatilgan qo‘l barmoqlarini uchidan tirsagigacha bo‘lgan masofaga teng uzun-lik o‘lchovi birligi (taxminan yarim metr yoki undan oshiqroq).

5. Tilda paydo bo‘ladigan so‘galsimon bo‘rtiq, chiqiq; sariqcha. Tilimga tirsak chiqibdi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. tirsakni tishlab bo‘lmas: Ko‘rinib turgan, ammo qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan narsa yoki amalga oshmaydigan orzu

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.