Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tirnoq}
So‘z bo‘g‘inlari: tir-noq
Izoh(lar)i:
tirnoq [tir-noq ]

1. Barmoqlar uchining orqa tomonidagi etga yopishgan, barmoqlarni himoya qiluvchi, shoxsimon moddadan iborat tuzilma, qoplama. Maxsum o‘siq tirnoqlarini Boboqulning bo‘g‘ziga botirishga chog‘lab, xezlanib kela boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy

2. Ba’zi hayvon va qushlarning panjasi yoki changalidagi uchi qayrilgan, o‘tkir, shox moddali o‘simta. Sherni sher qilgan — tishi bilan tirnog‘i R. Jumaniyozov, So‘z ko‘rki — maqol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. tirnoq orasidan kir qidirdi: yomon niyat bilan deyarli aybi yo‘q kishining faoliyatidan ayb topishga harakat qildi

1. Farzand – bola – zuryod (zirriyot) – tirnoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.