1. Ovoz chiqarmay, ko‘z, lab-lunj harakati bilan kulgi ifodalamoq, miyig‘ida kulmoq. Fazliddin tirjayib, egri-bugri tishlarining oqini ko‘rsatdi. Oybek, Tanlangan asarlar Tirjayib turib, jonini oldi, yo‘q, chayonga aylanib, ko‘ksiga zaharli nayzasini sanchdi. S. Anorboyev, Oqsoy Yigitali bo‘lajak qaynona yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zi ham zo‘rma-zo‘raki tirjaydi. D. Nuriy, Osmon ustuni Men tirjayib turgan ekanmanmi, bilmadim, to‘satdan ro‘paramda to‘xtab: — Xo‘sh, nimaga kulasan, soldat? — deb so‘radi. O. Yoqubov, Izlayman
1. Jilmaymoq – kulimsiramoq – iljaymoq – irjaymoq – tirjaymoq – ishshaymoq – irshaymoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (kulish harakatidagi salbiylik belgisining kuchliligiga ko‘ra)