Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tipir} - chi - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ti-pir-chi-la-moq
Izoh(lar)i:
tipirchilamoq [ti-pir-chi-la-moq ]

1. ayn.Tipirlamoq. Adolat tipirchilab, uning [Usmonjonning] qo‘lidan chiqdi. S. Zunnunova, Gulxan

2. Nima qilishni bilmay qolmoq, o‘zini yo‘qotib, gangib qolmoq. Mohidil uning [Latifjonning] kelishini kutmagan bo‘lsa kerakki, juda tipirchilab qoldi. J. Abdullaxonov, To‘fon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.