1. Loyqa va shu kabilardan xoli, tinigan holatli. Cho‘qqilardan oqib tushgan bu soylar shishadek tiniq. Mirmuhsin, Hamzaobod
2. Gard-g‘ubor, xiralik va shu kabilardan xoli, ravshan ko‘rinishli. Osmon har vaqtdagidek bulutlardan xoli, beg‘ubor, tiniq, ko‘m-ko‘k. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
3. Xiralik, qo‘pollikdan xoli; jarangdor (tovush, ovoz haqida). Adolat dutorini qo‘lga oldi. Bir nafasdan keyin uning qo‘ng‘iroqdek tiniq ovozi yangradi. S.Zunnunova, Gulxan
4. ko‘chma.Aniq ifodali; ravshan. So‘z-fikri tiniq ziyoli bo‘lganingiz uchun ham biz chekayotgan ayriliq sitamini sezyapsiz. Mirmuhsin, Me’mor
1. tiniq I Sifat tarkibida hech qanday chiqindilar yo‘q;
2. tiniq II Sifat musaffo, raso