Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {til} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: til-moq
Izoh(lar)i:
til fl

1. 1. Pichoq va shu kabilarni tig‘li narsa bilan uzunasiga kesmoq, qirqmoq, yormoq. Nasimiyni tiriklayin tovonidan tilishgan va terisini shilishgan. Mirtemir, Do‘stlar davrasida
Etlarimni nishtar bilan tilsinlar men sizdan ajralmayman. Hamza, Boy ila xizmatchi
Jilg‘aning boshidan oyog‘igacha so‘qa bilan tilib, ariq ochilsa-da, tog‘olcha bilan yong‘oq ekilsa S. Anorboyev, Oqsoy
Qonli ko‘ylakni Qoratoy ehtiyot bilan tilib, yarani ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Tilim-tilim qilib kesmoq; tilimlamoq. Qovunni tilib qo‘ymoq. Go‘shtni tilib tuzlamoq. Shaharda qorovullik qilamanmi, qovun tilib sotamanmi — mening ishim. Mushtum

3. 3. Yog‘och yoki taxtani uzunasiga arralamoq. Bir kuni mehnat darsida bitta ko‘zlik taxtani tilayotib, elektr arrani sindirib qo‘ydik. E. Raimov, Ajab qishloq
Simyog‘ochlar ham, tilsa, juda so‘ribop ekan. A. Muxtor, Chinor

4. 4. Tirnab yoki yulib, uzun iz hosil qilmoq. Stol ustidagi bir taxta oyna mayda-mayda bo‘lib, Saidiyning bilak va panjalarini tildi. A. Qahhor, Sarob
Salomat butun kuchini yig‘ib, bog‘ma-bog‘ oshib ketdi. Tikanlar oyog‘ini tildi. S. Ahmad, Hukm

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Urinmoq – harakat qilmoq – intilmoq – tirishmoq – unnamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.