Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tik} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tik-moq
Izoh(lar)i:
tik fl

1. 1. Igna-ip bilan choklab ulamoq, biriktirmoq; shu yo‘l bilan biror narsa tayyorlamoq. Yarani tikmoq. Qopning og‘zini tikmoq: Qalpoq tikmoq. Etik tikmoq. Dahlizda Hasanali uzilgan ot as-boblarini ulab tikar edi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
Dilbar ham sizga atab bir chiroyli ro‘molcha tikdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Fotima opa har xil qiyqindilardan olib, qo‘g‘irchoqqa ko‘ylakcha tikib berdi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

2. 2. O‘rnatmoq, qadamoq; qurmoq. Bayroq tikmoq. Ularda imorat-bino yo‘q edi, hammasi o‘tov tikib o‘tirishar edi. Bo‘tako‘z
maysalar ustiga chodir tika boshlashdi. Mirmuhsin, Me’mor

3. 3. Ekmoq, qadamoq. Yerga urug‘ tikmoq. Chigirtkalar ekin yer, ekmay-tikmay, tekin yer. Maqol
Kun isishi bilan ariqlar qurigan. Mo‘l hosil undirmoq niyatida ekin tikkan dehqon bor suvni, oltin tortganday, misqollab sarflaydi. J. Abdullaxonov, To‘fon

4. 4. Bolalar o‘yinida: ganakni ma’lum tartibda terib qo‘ymoq, joylamoq. Ikkitadan yong‘oq tikmoq.

5. 5. Qimorda: o‘yinga pul yoki boshqa narsa qo‘ymoq. Otasi o‘lib, katta merosga ega bo‘lgan boyvachchalarning ko‘pi pul tikib, xo‘roz urishtirib rohatlanar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Boy beradi-yu, o‘zi yutmaguncha o‘yinni to‘xtatmaydi, hech narsasi qolmaganda, butun a’zolarini bitta-bitta tikaveradi, qo‘li, burni boringki, zanjirlab tashlang, bari bir o‘ynaydi. A. Muxtor, Opa-singillar

6. 6. Turli o‘yin va musobaqalarda: g‘oliblar uchun, yutuq sifatida biror narsa atamoq, o‘rtaga qo‘ymoq. Men hammalaringning guvohliklaringda musobaqaga bir qo‘y tikaman. N. Safarov, Don

7. ko‘chma hma Ba’zi so‘zlar bilan birikib, shu so‘z ifodalagan narsani (biror shaxs yoki narsa uchun) baxshida etish ma’nosini bildiradi. Hamrohlarim o‘z jonini tikib bo‘lsa-da, g‘alabani ta’min etdilar. N. Safarov, Olovli izlar
Men butun dunyomni Rahmonqulga tikkanman H. G‘ulom, Mash’al
Shunday yaxshi kunlar kelishi uchun kurashgan, cho‘lni bo‘ston qilishga hayotini tikkan odamlarni e’zozlaymiz. O‘zbekiston qo‘riqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: adil [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tek Harakatsiz; jim; bekor.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Hansiramoq – harsillamoq – halloslamoq – entikmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishning oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.