Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tig‘}
So‘z bo‘g‘inlari: tig‘
Izoh(lar)i:
tig‘ ot

1. 1. Qilich, xanjar, pichoq, nayza kabi sovuq qurollarning umumiy nomi. Tig‘ yarasi tuzalar, til yarasi tuzalmas. Maqol
Ammo tig‘ tegib, qo‘l yoki oyog‘i uzilganlar oh-voh urib, madad kutib yotardi. Mirmuhsin, Me’mor
Ernazar jallod, Sheralini siyosat bilan yiqitdi va po‘lat tig‘ini qinidan tortdi. Erali va Sherali

2. 2. Kesuvchi asbob, qurol-yarog‘ va shu kabilarning keskir qirrasi, dami; turli mashina, mexanizm va shu kabilarning keskich qismi. Boltaning tig‘i. Qilichning tig‘i. Ketmon tig‘ini qayiradigan tosh-metin eski paxsalarni qizlar necha chaqirim yerdan tashib kelib, dalaga to‘kishdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Qaynarning bo‘ydor o‘tlari kosilkalarning beomon tig‘lari zarbidan yuztuban yiqilardi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. 3. Nishtar, nayza kabi asboblarning o‘tkir uchi, nayzasi.

4. s. t. t. Stvol, mil. Qo‘sh tig‘ miltiq. Vagondan eng keyin tushgan va miltig‘ini tig‘idan ushlab, ketmonday yelkasiga qo‘yib kelayotgan Ahmadjon A. Qahhor, Oltin yulduz

5. ko‘chma hma Umuman, tig‘, nayza kabi ta’sir o‘tkazuvchi narsa, kuch. Zulm tig‘i. Jabr tig‘i. Ilm-u fan tig‘i birlan jahl bag‘rini qon sil. Hamza
Uchchiga chiqqan ma’muriyatchi degan sarlavha ostidagi maqolaning o‘tkir tig‘i Oyqizga qaratilgan bo‘lsa ham Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tiq Narsalar asta urilganda chiqadigan tovush.
Qomus: mavjud emas.

1. bag‘rini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

2. ko‘ksini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

3. qo‘lini yuvib, qo‘ltig‘iga urdi: ixlosi qaytib, ishonmay qo‘ydi

4. qo‘ltig‘dan tarvuzi tushdi: umidi puchga chiqib, bo‘shashdi

5. qo‘ltig‘iga suv purkadi: biror ishni qilishga o‘chakishtirdi

6. qo‘ltig‘iga suv purkamoq: birovga qarshi oyoqlantirmoq, gijgijlamoq.

7. tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi: umidi puchga chiqib, bo‘shashdi

8. tatig‘ini bermoq: jazosini, adabini, ta’zirini bermoq.

9. tatig‘ini yemoq: 1.jazosini tortmoq, adabini, ta’zirini yemoq. 2.mazasini, lazzatini totmoq.

10. titig‘i chiqib ketibdi: 1. titilib, to‘zib uvadasi chiqibdi, juldur-juldur, dabdala bo‘libdi 2. ko‘chma dabdalasi, majag‘i chiqibdi, tor-mor bo‘libdi

11. titig‘ini chiqarmoq: Qattiq kaltaklamoq, dabdala qilmoq

12. yostig‘ini quritmoq: butun oilasi bilan o‘ldirib yubordi

13. yuragini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

1. Tig‘ – pichoq – xanjar – qilich
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm- ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.