Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tezlik}
So‘z bo‘g‘inlari: tez-lik
Izoh(lar)i:
tezlik ot

1. 1. Tez odamga xos harakat, xususiyat. Solihboyning qaynab turgan g‘azabi uning tezligida yoki jazavaga tushishida emas F. Jo‘rayev, Obid Jalilov

2. 2. Ish-harakat, jarayon va shu kabilarning jadalligi, sur’ati, darajasi. Ish tezligi. Hisoblash tezligi.

3. fiz. iz. tex. Jism bosib o‘tgan masofaning shu masofani bosib o‘tish uchun ketgan vaqtga nisbati. Yurish tezligi. Yugurish tezligi. Tovush tezligi. O‘rtacha tezlik. Tezlik birligi. Tezlikni hisoblamoq. Traktor balandlikka birinchi tezlikda chiqadi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.